TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
내용
게시물 내용
Samsung'ning ushbu byudjet smartfoni Android 13 bilan qutidan chiqadigan ilk Galaxy bo'ladi Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13 ga asoslangan One UI 5 yangilanishini rasman namoyish qildi va uni shu oyda, kelayotgan haftalarda tarqatishni boshlanishini aytdi. Odatda, kompaniyaning hozirgi flagmanlari ushbu yangilanishni eng birinchilardan bo'lib qabul qilishsa, yangi avlod flagmanlari (Galaxy S23 seriyasi) u o'rnatilgan holda qutidan chiqadigan ilk smartfonlar bo'lishar edi. Biroq, bu safar yangi flagmanlarni kutib o'tirishga hojat qolmaydigan ko'rinadi, Samsung'ning tez orada chiqarilishi kutilayotgan yangi byudjet smartfoni One UI 5 bilan keladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.10.2022