TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
내용
게시물 내용
Google boshlang'ich sinf smartfonlari uchun Android 13 Go versiyasini taqdim qildi Google kompaniyasi o'ta byudjet smartfonlar uchun Android 13'ning Go versiyasini taqdim qildi. Android operatsion tizimining ushbu kichraytirilgan versiyasi ilk marotaba besh yil avval kam operativ va doimiy xotirali smartfonlar uchun chiqarilgan edi va endilikda kompaniyaning ma'lum qilishicha, u bilan ishlaydigan oylik aktiv qurilmalar soni bugungi kunda 250 milliondan oshgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.10.2022