게시물 내용
🤩Bepul onlayn ta'lim oling va mukofot jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonda qatnashing Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda. Festival 2 bosqichda bo'lib o'tadi: 1-bosqich: Raqamli oromgoh. Ishtirokchilar 1 oy davomida dasturlash va zamonaviy texnologiyalarni bepul onlayn o'rganishadilar. 2-bosqich: Xakaton. Darslarni muvoffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar sovrin jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadilar. ❗️Xakatonda qatnashish shartlari: - Raqamli oromgohdagi darslarni muvoffaqiyatli tugatish - 3 kishidan iborat jamoa tuzish (jamoa a'zolari raqamli oromgohda o'qigan bo'lishlari shart) - Jamoaga nom tanlash - Xakaton yo'nalishlaridan biri bo'yicha loyiha taqdimotini tayyorlash 💡 Xakatonda ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab, o'z loyihalarini namoyish qilishlari kerak bo'ladi: - Ta'lim - Ayollar huquqlari - Ekologiya - Turizm 🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi, ikkinchi va uchunchi o'rinlarni egallagan jamoalarning har bir a'zosi quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanishadi: 1-o'rin uchun: Noutbuk 2-o'rin uchun: Planshet 3-o'rin uchun: eReader (elektron kitob o'quvchi qurilma) Bundan tashqari, xakaton qatnashuvchilariga Mohirdev kurslari uchun turli xil chegirma va kuponlar taqdim etiladi ⏰ Festivalning birinchi bosqichi 12-noyabr kuni start oladi. Qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish:mohirdev.uz/mohirfest Bizni kuzatib boring: @mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev