TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT POST

Post #2955

@phpdevelopersuz

IT news | Tg Bots

조회수179게시물 조회수
게시됨11월 14일2022. 11. 14. AM 08:19
내용

게시물 내용

Qanday qilib doimiy motivatsiya bilan ishlash mumkin?⠀ Vazifalaringizni bajarish uchun ishda motivatsiya boʻlishi muhimdir. Agar energiyaga toʻla boʻlsangiz maqsadlaringizga erishishingiz, topshiriqlarni vaqtida bajarishishingiz oson boʻladi. Sizning layoqatli ekanligingiz hamkasblaringizga ham taʼsir qiladi, ayniqsa jamoadagi muhit ishning unumdorligini oshiradi. Quyidagi usullar orqali motivatsiyangizni kun davomida maksimal darajada ushlab tura olasiz: 1. Oʻzingizni oʻzingiz mukofotlang Topshiriqni ajoyib tarzda yakunlasangiz, sevimli mashgʻulotingizni qilishga vaqt ajrating. Kimdir oʻyin oʻynashni yaxshi koʻradi, kimdir esa shirinlikxoʻr. Bunda sizda baxt garmoni ajralib chiqib, kayfiyatingizga taʼsir qiladi. Shunda doimiy bosimlardan biroz boʻlsa ham xalos boʻlasiz. 2. Ertalabki badantarbiya Koʻpchilik IT mutaxassislarining shaxsiy kun tartibi boʻlmaydi. Notoʻgʻri ovqatlanish, kompyuter qarshisida uzluksiz oʻtirish nafaqat kayfiyatingizga, balki jismoniy holatingizga ham taʼsir qiladi. Muammolardan chetlanish uchun ham sport bilan shugʻullaning, bunga vaqt ajrata olmasangiz, tongda yugurishni odat qiling. Natijasi koʻp kuttirmaydi, ishonavering! 3. Qisqa tanaffuslar Ish jarayonida ozroq tanaffus qiling. Iloji boʻlsa oldingizda gadjetlar boʻlmasin. Hozirgi paytda gadjetlarga qaramlik avj olganini hisobga olsak, bu ajoyib muolaja. 4. Sayr qilish Sayr qilishga odatlaning. Ayniqsa, yomgʻirdan keyingi musaffo havo sogʻligʻingizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mutaxassislarning tadqiqotiga koʻra, doimiy sayr qilishga odatlanganlar kun davomida yuqori kayfiyatda boʻlganliklarini aniqlashgan. 5. Aniq belgilangan maqsad Biror ish qilishdan oldin, oʻsha ish uchun qancha vaqt ajratishingiz belgilab oling. Kechiksangiz, hech ikkilanmay jarima belgilang. Odatda odamlar oʻzini pul bilan jazolashadi (sinab koʻrganlar gapimizni tasdiqlashi mumkin. Aytgancha, pul ketishidan siqilib, shuncha qilgan harakatingizni havoga sovurib qoʻymang-a?! Telegram | Instagram | Youtube