🌟Telegram 6 ta davlatdagi eng daromadli iOS App Store ilovalari 10 taligiga kirdi.
AppFigures maʼlumotlariga koʻra, Telegram 6 mamlakatda daromad boʻyicha birinchi oʻntalikka kiradi:
• O'zbekiston — 2-o'rinda.
• Afg'oniston — 4-o'rinda.
• Gruziya — 4-o'rinda.
• Ukraina — 6-o'rinda.
• Moldova — 7-o'rinda.
• Bulorussiya — 8-o'rinda.
Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, Telegram Premium auditoriyasi Snapchat + bilan teng va pullik Twitter Blue obunasidan 4-5 baravar ko'p.
Hozirgi o‘sish sur’atlarida Telegram’ning Premium obunasi bo‘lgan foydalanuvchilarning 2,5% ga yetishi uchun yana bir necha yil kerak bo‘ladi.
#premium#telegram#statistika
✅@TGraphUz| YouTube
♻️IT news | Tg Botskanalini kuzatib boring
💰 Telegram birinchi marta monetizatsiyadan keyin asoschilariga daromad keltirdi
😎 Telegram xizmati pullik obunalar va reklamalar bilan daromad olishni boshlagach, birinchi marta foydaga chiqdi.
📈 Ushbu yutuq Pavel Durovning xizmati global miqyosda tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatadi. Katta foydalanuvchi bazasi, kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va reklamalar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani asosiy omillar sifatida ta’kidlanmoqda.
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
⚡️Durov YouTube’ning analogini tayyorlamoqda: Telegram jamoasi o‘rnatilgan videopleyer yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi
ℹ️ Agar pleyer 2025-yil oxirigacha messenjerga mukammal tarzda qo‘shilsa va video sifati sozlansa, ishlab chiquvchi guruh 50 000 dollar yutib oladi.
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
🔥Telegram kanalimizda ham yangi fishkalar paydo bo'lishi mumkin!
⭐️Premium obunachilar o’zlarining sevimli kanallariga ovoz berishlari va uning darajasini oshirishlari mumkinligini inobatga oladigan bo'lsak, sizdan ham @hashtaguz'ni qo'llashni so'rab qolaman.
🤕 Agar sizda Premium bo'lsa, bizga ovoz berishingiz mumkin:
👉https://t.me/hashtaguz?boost
😂 Diqqat, bu OpenBudget emas! Yog' bermaymiz...
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
✈️ 2018-yildan buyon Telegram foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlari va IP manzillarini rasmiy qonuniy so‘rovlar asosida xavfsizlik kuchlariga o‘tkazib keladi
ℹ️Pavel Durov bu faqat "to'g'ri bajarilgan" so'rov bilan sodir bo'lishiga ishontirdi va messenjer siyosatiga jiddiy o'zgarishlar kiritilmaganini ta'kidladi. Lekin baribir, yozishmalaringizni birov o'qishi mumkinligini bilib yashash boshqacha-a?
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
📱 Bugun Telegram dunyoga kelganiga 11 yil boʻldi!
❕ Eng qizigʻi, ochilishi bilan Telegramga ulangan ekanman raqamim bilan. Durovda ham 11 yil chiqmasa kerak tekshirib koʻrsa. 😅
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 Telegram endi internet-brauzerlarga muhtoj emas!
• Web3'ga kirish imkoniga ega ichki brauzer
• Vidjetlar do‘koni
• “Yulduzlar”ni sovg'a sifatida sotib olish imkoniyati
• “Hikoyalar”ga mini-ilovalar integratsiyasi
• Video xabarlarni yozib olishda chiroq.
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
🔼 Sber’dan ochiq AI modellari chiqdi
Sber GigaChat-3.1 Ultra va Lightning modellarini e’lon qildi.
🔴 Ultra (702B parametrlar)
— Katta MoE model
— DeepSeek va Qwen kabi top modellardan kuchliroq (math va reasoning’da)
— Katta serverlar uchun mos
🔴 Lightning (10B / 1.8B active)
— Juda kichik va tez
— Top darajadagi modellarga yaqin natija beradi
— Lokal ishlatish uchun ham qulay
⚙️ Asosiy jihatlar:
— Noldan o‘qitilgan (finetune emas)
— 14 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi
— FP8 orqali tez va samarali ishlaydi
— Kod va vaznlar open source, MIT litsenziya ostida Hugging Face’da joylangan
📌 Bu degani: dasturchilar endi o‘z AI loyihalarini erkin va arzonroq qurishi mumkin, Sber esa bu jarayonda ochiq va qulay infratuzilma bilan yordam beradi.
👉Bizning barcha loyihalar | #telegram
Telegram begona mijoz-ilovalardan foydalanuvchi akkauntlarni belgilashni boshladi — messenjer norasmiy ilovalarni ishlatadigan foydalanuvchilarni aniqlaydigan funksiyani joriy etdi.
Bunday mijozlar muloqot chog‘ida xavfsizlik darajasini pasaytirishi va ma’lumotlar sizib chiqishi xavfini oshirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish oladi.
Sizda aynan qaysi telegram messenjer ilovasi?
👉Bizning barcha loyihalar | #telegram
Telegram kanallarda, kanal adminlariga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan holda, Telegram tomonidan joylashtirilayotgan reklamalarning hammasiga ham ishonib qolmang!
✈️Telegram Ads — bu reklama joylashtirish platformasi. U: reklama qoidalarga zid emasmi — shuni tekshiradi, ochiqcha scam, 18+, zo‘ravonlik, ekstremizm bo‘lsa — bloklaydi, shu bilan ishi tugaydi.
❌Nimalarni tekshirmaydi?
Telegram Ads: reklama beruvchi halolmi yo‘qmi, va’dalari rost chiqadimi, keyin odamlarni aldab ketadimi yo‘qmi, bularni tekshirmaydi. Ya’ni reklama chiqdi — lekin javobgarlik Telegramda emas.
⚠️ Qanday reklamalardan ogoh bo‘lish kerak?
Agar reklamada: “100% daromad”, “tez boyib ketasiz”, “faqat bugun, shoshiling” kabi so'zlar bo'lsa, aniq manzili, hujjati, kompaniyasi yo‘q bo'lsa ehtiyot bo‘ling, bu katta risk.
✅ O‘zingizni qanday himoyalash mumkin?
🔵Hech qachon shoshilib pul o‘tkazmang
🔵Internetdan loyiha haqida izlab ko‘ring
🔵Kommentariya, sharh, tajriba qidiring
🔵Shaxsiy ma’lumot va kodlarni bermang
📱Bizning barcha loyihalar |#telegram
🎁Durov maxfiylikni saqlash maqsadida 300 million dollardan va Grok tizimini integratsiya qilishdan voz kechdi.
Mask bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi - Telegram foydalanuvchilar yozishmalariga begona neyron tarmog‘ini kiritishga rozi emas.
Bitim o‘rniga messenjer o‘zining sun’iy intellekt yechimlariga e’tibor qaratmoqda. Cocoon nomli markazlashmagan sun’iy intellekt so‘rovlari tarmog‘i ishlab chiqilmoqda. Unda hisob-kitoblar mustaqil ravishda amalga oshiriladi va xabarlar uchinchi shaxslarga oqib chiqmaydi.
📱Bizning barcha loyihalar |#telegram
📱 Telegram’ga neyron tarmoqlar kirib kelmoqda — yilning ilk yangilanishi darrov foydali funksiyalarni olib keldi.
— Postlarning qisqa sharhi: uzun matnlarni o‘qishga erinsangiz, yangi tugma matnning qisqacha mazmunini chiqarib beradi. Ichki tizimda ochiq modellarga asoslangan Cocoon ishlatilgan. Funksiya faqat Telegram Premium foydalanuvchilari uchun mavjud.
— iOS dizayni yangilandi: “suyuq shisha” effekti yanada shaffof bo‘lib, yorug‘likning yumshoq sinishi va interfeysda chiroyli yaltirashlar paydo bo‘ldi.
— Power Saving (quvvatni tejash) rejimi: vizual effektlar va interfeys samaradorligini yaxshilash uchun batareya tejash imkoniyati qo‘shilgan.
— Passkeys bilan xavfsiz kirish: maxfiy SMS kodlari o‘rniga PIN yoki biometrik ma’lumot (Face ID, barmoq izi) orqali tez va xavfsiz Telegram’ga kirish imkoniyati taqdim etildi.
✅Bizning barcha loyihalar | #telegram
✉️ Pavel Durov “Cocoon” — markazlashmagan sun’iy intellekt tarmog‘ini e’lon qildi
Blockchain Life 2025 konferensiyasining asosiy sahnasida Pavel Durov Cocoon loyihasini taqdim etdi — bu TON va Telegram ekotizimi asosida yaratilgan maxfiy hisoblash tarmog‘i (Confidential Compute Open Network) hisoblanadi.
Asosiy jihatlar:
• TON blokcheyni asosida yaratilgan va GPU orqali ishlaydi
• Maxfiy va xavfsiz AI hisob-kitoblariga yo‘naltirilgan
• Telegram loyiha rivojida faol rol o‘ynaydi
• Ommaviy ishga tushirish — 2025-yil noyabr oyiga rejalashtirilgan
Shuningdek, Durov so‘nggi bir yil ichida Telegram Mini Apps orqali uchinchi tomon ishlab chiquvchilari $1 milliarddan ortiq daromad topganini ma’lum qildi. Bu esa Telegram iqtisodiyotining ko‘lami va salohiyatini yana bir bor isbotlaydi.
✅Bizning barcha loyihalar | #telegram