게시물 내용
2023-yil, yanvar: O'zbekistonda internet tezligi qanday? Ookla kompaniyasining Speedtest xizmati joriy yilning yanvar oyi holatiga ko'ra dunyo mamlakatlaridagi internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni yangiladi. Unda O'zbekiston 138 davlatlar orasida 13.61 Mb/sekund o'rtacha mobil internet tezligi bilan 122-o'rnini "saqlab qolgan" yoxud o'rni o'zgarmagan. Garchi hozirda Rossiya bilan "muammo"larga duch kelayotgan bo'lsa ham, Ukraina davlati xuddi shunday internet tezligi bilan 2022-yil dekabridan 2023-yanvar oyiga 6 pog'ona yuqoriga ko'tarilib chiqqan. Bundanda qizig'i shundaki, bir yil avval, 2022-yilning yanvar oyida O'zbekistondagi o'rtacha mobil internet tezligi sekundiga 13.85 Mb, Speed Global Index'dagi o'rni esa 115 edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.02.2023