TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT POST

Post #3138

@phpdevelopersuz

IT news | Tg Bots

조회수101게시물 조회수
게시됨3월 25일2023. 03. 25. AM 09:55
내용

게시물 내용

Politsiyachilardan aqlli yurish: AQSH federal agentligi Apple AirTag qurilmalaridan kuzatuv vositasi sifatida foydalanyapti O'tgan yilning may oyida AQSH chegarachilari Shanxaydan (Xitoy) kelgan ikkita paketni topib olishadi. Birining ichida kukunni tabletka dori shaklida presslab beradigan mashina, ikkinchisida esa bir nechta dori bo'yoqlari bor edi. Ular noqonuniy giyohvand moddalar ishlab chiqaruvchisiga yuborilgan deb o'ylagan holda chegarachilar Narkotiklarga qarshi kurash agentligini chaqirishadi. Agentlik tergovchilari esa qurilmalarni tekshirgandan so'ng uni musodara qilish yoki pochtani qabul qiluvchining oldiga borish o'rniga ular kukunni presslovchi mashina ichiga Apple'ning AirTag qurilmasini yashirishadi. Endi ular pochtani kuzatishlari mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 25.03.2023