TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT POST

Post #3140

@phpdevelopersuz

IT news | Tg Bots

조회수116게시물 조회수
게시됨3월 27일2023. 03. 27. AM 04:55
내용

게시물 내용

Samsung'dan yaxshi va yomon yangilik: Galaxy S23 FE "atmen", lekin yangi turdagi buklamafon bor! Yangi hafta va texnologiya olamida yana yangi mish-mishlar: Galaxy S23 FE smartfoni chiqarilmasligi mumkin. Samsung kompaniyasining ushbu Fan Edition smartfoni o'rta flagman bo'lib, u S20 seriyasi bilan boshlangan edi. Afsuski, bir-ikki avlod o'tgach, Galaxy S21 FE dan keyin Samsung haligacha yangi Fan Edition smartfon chiqarmadi va chiqarmoqchi emasga ham o'xshaydi. O'tgan yilning o'zidayoq Samsung ortiq Fan Edition brendi ostida smartfon chiqarmasligi mish-mish qilingan edi. Biroq, vaqt o'tib, Galaxy S23 FE haqidagi mish-mishlar Samsung muxlislariga umid bag'ishladi. Endi esa Samsung yana bir marotaba FE smartfon chiqarmasligi haqida xabar paydo bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 27.03.2023