게시물 내용
Yandex'dan "Midjourney": kompaniya o'zining matnni suratga aylantirib beradigan neyrotarmog'ini ishga tushirdi Rossiyaning Yandex kompaniyasi o'zining "Shedevrum" nomli matnni suratga aylantirib beradigan Midjourney neyrotarmog'iga o'xshash xizmatining 0.1.4 beta versiyadagi mobil ilovasini ishga tushirdi. Ma'lum bo'lishicha, Shedevrum ham ingliz, ham rus tillarini tushunadi va unga "fotorealizm" va "yuqori aniqlik" kabi ko'rsatmalar bilan suratning qanchalik yaxshi tafsiloti berilsa, u shunchalik yaxshi surat tayyorlab beradi. Bunda neyrotarmoq suratlarni "kaskadli diffuziya" usulida yaratadi: matn tavsifi olingandan so'ng, sun'iy intellekt rasmning asosiy versiyasini yaratadi va shundan so'ng u rezolyutsiyani (piksellar sonini) oshiradi va bir necha bosqichda yangi detallarni qo'shadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.04.2023