TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
내용
게시물 내용
Lofi Girl'ni tanirmidingiz? Endi uning yigiti bor! Agar siz ham uy vazifalarini bajarishda yoki kitob o‘qishda yoki umuman boshqa vaziyatlarda e’tiboringizni bir joyga jamlash uchun "lofi" stilidagi musiqalarni tinglashga odatlangan bo‘lsangiz, unda siz YouTube'dagi Lofi Girl kanalini juda yaxshi bilasiz. U yerda lofi janridagi musiqalar kun davomida tinimsiz jonli efirda uzatiladi. Kanalning asosiy qahramoni esa shu musiqalarni tinglagan holda dars qilib o‘tiradigan o‘quvchi qiz bo‘lib, endi u yolg‘iz emas – Lofi Girl kanali yangi janrdagi musiqa strimingi bilan mutlaqo yangi qahramonni taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.04.2023