게시물 내용
✅Telegram 9.6 versiyaga yangilandi Ulashiladigan chat jidlari, maxsus fon rasmlari va boshqalar 📂 Ulashiladigan chat jildlari. • Doʻstlar va hamkasblarga oʻnlab chatlarni oʻz ichiga olgan jildlarni ulashing. • Taklif havolasiga ega istalgan kishi bitta bosish bilan barcha chatlarga qoʻshilishi mumkin. • Turli odamlarga jilddagi turli chatlarga kirish imkonini berish uchun bir nechta taklif havolasini yaratishingiz mumkin. 👥Maxsus fon rasmlari. • Istalgan yakkama-yakka chat uchun maxsus fon rasmi oʻrnating. • Suhbatdoshingiz siz bilan bir xil fon rasmini oʻrnatishi yoki oʻzinikini tanlashi mumkin. 🦾Yaxshiroq botlar. • Veb-ilovalarni endi istalgan chatda ishga tushirish mumkin. Guruhlarda veb-ilovalar hamkorlikda ishlash va oʻyinlar funksiyalarini dastaklaydi. • Istalgan dasturchi bot va veb-ilovalarni bepul yaratishi mumkin. 📲Fragmentda bot havolalari va Telegram Premium • Botlar endi kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, jumladan, -botqoʻshimchalarisiz havolalardan foydalanishi mumkin. • Shuningdek, Fragment orqali Telegram Premiumni oʻzingiz uchun sotib olishingiz yoki boshqalarga hadya qilishingiz mumkin. 🎇Biriktirmalar uchun tezkor varaqlash • Biriktirmalar menyusi endi xuddi Umumiy media kabi katta tezlikda varaqlanadi. Vaqt boʻylab sayohat qilish uchun sana blokini pastga torting. 💬Mavzularda xabarni oʻqish vaqti • Mavzular (topiklar) yoqilgan100 tadan kamroq aʼzoli guruhlarda endi boshqa guruhlar aʼzolari xabarlaringizni qachon oʻqiganini koʻrishingiz mumkin. ☑️Yaxshilangan interfeyslar • Onlayn boʻlganda yuborish kamroq bosishni talab qiladi – siz suhbatdoshingizning oxirgi faollik vaqtini koʻra oladigan chatlarda Yuborish tugmasini bosing. • Agar avval ruxsatlarni sozlash va bir nechta xabarni qadashni xohlasangiz, darhol aʼzolarni qoʻshmasdan guruhlar yaratishingiz mumkin. • Oxirgi iPhone modellarida profillar va axborot sahifalarini varaqlaganingizda profil rasmlari dinamik orolga ravon surilib kiruvchi yangi animatsiya qoʻshildi. Bu yangilanish haqida batafsil: 👉🏻 VIDEO (TEZ ORADA) | 👉🏻 MAQOLA 📲PlayStore | 📲AppStore |📂APK #telegram#tgram 😀@TGraphUz | YouTube