TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT POST

Post #3226

@phpdevelopersuz

IT news | Tg Bots

조회수127게시물 조회수
게시됨4월 25일2023. 04. 25. AM 08:24
내용

게시물 내용

Ilk xususiy moliyalashtirilgan kosmik kema Oyga qo'nish arafasida So'nggi paytlarda Yer sharining yagona sun'iy yo'ldoshi bo'lmish Oyda turli missiyalarni amalga oshirish niyatida bo'lgan mamlakat va tashkilotlar soni sezilarli darajada ko'paydi. Hozirda o'zining Artemis loyihasi bilan band bo'lgan NASA'dan tashqari Xitoyning Chang'e hamda Hindistonning Chandrayaan missiyalarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Bu loyihalar ko'pchiligining umumiy jihati shundaki, ularning barchasi deyarli to'liq hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi, ya'ni xususiy investitsiyalar kam yoki umuman yo'q. SpaceX'ning 2023-yilga rejalashtirilgan dearMoon missiyasi bundan mustasno albatta, lekin milliarder Ilon Mask rahbarligidagi kompaniya Oy missiyasi ustida ishlayotgan yagona xususiy kompaniya emas. 📣IT news| ©Terabayt.uz 25.04.2023