게시물 내용
Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun yangi turdagi yangilanishni chiqardi O'tgan yilning WWDC konferensiyasida Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun Rapid Security Response (Tezkor xavfsizlik javobi) yangilanishini taqdim qilgan edi. Yangi turdagi ushbu tizim yangilanishi foydalanuvchilar uchun jiddiy xavf tug'diradigan xavfsizlik zaifliklarini tezda tuzatishga qaratilgan bo'lib, u doimgi yangilanishlarga qaraganda tezroq o'rnatiladi va hatto, bu turdagi ayrim yangilanishlarni smartfonni o'chirib yoqmasdan ham o'rnatish mumkin bo'ladi. Kecha, O'zbekiston vaqti bilan tungi 10:00 lar atrofida Apple o'zining ana shunday tezkor xavfsizlik javobi yangilanishining ilk versiyasini chiqardi (The Verge orqali). 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.05.2023