TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT POST

Post #3252

@phpdevelopersuz

IT news | Tg Bots

조회수180게시물 조회수
게시됨5월 10일2023. 05. 10. AM 05:24
내용

게시물 내용

iPhone 16 seriyasi bilan iPhone X dan beri qo‘llanib kelinayotgan an’ana o‘zgaradi 2017 yilda taqdim qilingan iPhone X modeli Apple smartfonlari dizaynida katta o‘zgarishni boshlab bergan edi: Home tugmasi va ekran yuqori ramkasining ko‘p qismi olib tashlandi, shu bilan birga ekran sezilarli darajada uzunasiga cho‘zildi. Shundan so‘ng kompaniya o‘z flagmanlarida 16 ga 9 tomonlar nisbatili ekrandan foydalanishni to‘xtatib, 19.5:9 o‘lchamga o‘tdi. Apple ushbu o‘lchamdan haligacha foydalanadi yoxud hozirgi iPhone 14 seriyasidagi modellarga ham shu tomonlar nisbati qo‘llanilgan va bu bir necha oydan keyin taqdim qilinishi kutilayotgan iPhone 15 seriyasi uchun ham saqlab qolishini kutilmoqda. Biroq, iPhone 16 seriyasi bilan bu an’ana o‘z yakuniga yetishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.05.2023