게시물 내용
Yoz Motorola'ning yangi buklamafonlari bilan boshlanadi! Garchi buklamafonlar bozorida yetarlicha tanilib bo'lgan bo'lishsa ham, Motorola va Samsung kompaniyalari o'zlarining bu mashhurliklarini saqlab qolish uchun kurashishlari kerak – buklamafonlar bozoriga yangi raqobatchilar qo'shilishi fonida Samsung va Motorola ham o'zlarining yangi avlod buklamafonlarini taqdim qilishga shoshishmoqda. Ikkala kompaniyalar ham o'zlarining o'tgan yilning avgustidagi taqdimotlaridan so'ng bu yilgi buklamafonlarini ertaroq, iyun oyida taqdim qilishlari kutilmoqda. Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining Galaxy Z buklamafonlarini 26-iyul kuni taqdim qilishi mish-mish qilanayotgan bir vaqtda Motorola'ning yangi avlod Razr'lari undan ham ertaroq taqdim qilinishi rasman ma'lum bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.05.2023