TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
내용
게시물 내용
Meta kompaniyasi Twitter "qotili"ni tayyorlamoqda! Twitter'ni sotib olgach, Ilon Mask unda ko'plab sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirdi, biroq ularning hammasi ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yoqmadi va ular Twitter muqobillarini qidira boshladilar. Natijada Mastodon kabi boshqa platformalar ancha ommalashdi. Hozir ham Twitter obunachilarini yo'qotishda davom etar ekan, uning o'rnini egallash uchun xuddi shunday mikroblogging platformalar ishlab chiqilmoqda: biri sobiq Twitter rahbari, Jek Dorsi tomonidan yaratilayotgan BlueSky bo'lsa, yana biri ijtimoiy tarmoqlar giganti, Meta tomonidan tayyorlanayotgan yangi ilova bo'ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.05.2023