TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #3268 · 5월 22일

Oliy taʼlim kerakmi? I SariqDev bilan suhbat #motivatsiya ℹ@SariqDev, @MohirDev, @MohirAIChatBotva boshqa bir qancha foydali loyihalar muallifi va nihoyat Osmondagi bolalarkoʻrsatuviga chiqibdi. ✅ Tuli xildagi tentakcha give'larga vaqt ketkazmasdan ilmli insonning suhbatidan bahramand boʻling. ▶Toʻliq intervyu ♻️IT news | Tg Botskanalini kuzatib boring

Hashtags

결과

138개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

전체 글로벌 검색

MILLIONER KUTUBXONASI

@Biglibrary_uz · Post #8548 · 2025. 01. 22. AM 05:25

#motivatsiya⬆️ ✨Har bir inson o'z taqdirining rassomidir. O'zingizga siz loyiq bo'lgan hayotni chizing. Qalam sizning qo'lingizda. 👍@Milliarderlarim

Hashtags

MILLIONER KUTUBXONASI

@Biglibrary_uz · Post #8538 · 2025. 01. 19. AM 06:50

#motivatsiya❤️ 🔹 Hech qachon birovning siz haqingizdagi xulosasiga quloq tutmang! Hatto suv ustida yura olganingizda ham «Qaranglar, u suza olmas ekan» deguvchilar topiladi. @Milliarderlarim

Hashtags

MILLIONER KUTUBXONASI

@Biglibrary_uz · Post #8507 · 2025. 01. 13. AM 04:58

#motivatsiya ✨ Odamlarni siz haqingizdagi fikrlari muhim bo’lmay qolgan ondan boshlab, yana bir bor ulg‘ayganingizni his qilasiz! Kanalga obuna boling @Milliarderlarim

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_Akademiyasi · Post #7324 · 2025. 10. 30. AM 03:48

Vaqtimiz baribir o’tib ketadi #motivatsiya “Shifokor bo’lishga yetti yil umrim ketadi ona” - qarshilik bildirdim, 15 yoshlik men. “Yetti yil umring baribir o’tib ketadi. Shifokor bo’lganing qoladi,” dedilar onam. Hozir o’ylab qarasam - oddiy, lekin chuqur gap ekan. Vaqtimiz baribir o’tib ketadi. Uchta bola ishdan keyingi 2 soatni qanday o’tkazishni tanlashadi. Birinchisi - ishladim, charchadim, o’yin o’ynab serial ko’rib dam olaman deydi. Ikkinchisi - nima bo’layotganini bilib turishim kerak deydi. Yangilik saytlari, youtube, twitter, ekspert bo’lib ko’ringan blogerlarni kuzatishni tanlaydi. Uchinchisi - Ingliz tili o’rganishga vaqt ajratadi. 2 yil o’tadi. Birinchi bola - kibersportchi bo’lmadi. Chempionatlarga chiqmadi. Seriallari ishxonada ikkita odam bilan oson gaplashishdan boshqa foyda keltirmadi. Ikkinchi bola - siyosat yoki atrof muhitni yaxshiroq tushunib qolmadi. Propaganda bilan boqildi. Aslida nima bo’layotganini baribir tushunmay yuraverdi. Uchinchi bola - ingliz tilida kitob o’qishni boshladi. Dunyoqarashi kengaydi. Vaqt kimgadur zararga ishladi. Boshqasiga foydaga. Vaqt baribir o’tib ketadi. O’rganganingiz qoladi. Daqiqalaringiz qayerga ketayotganiga e’tiborli bo’ling. Vaqtga kelganda kichkina qarorlar bo’lmaydi. Chunki Vaqt kichik ishlarni katta ishlarga aylantiradi.©@azizrakhimov_blog 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIInstagramITikTokIYouTube

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6606 · 2024. 09. 13. PM 02:42

Tanqid va taklif #motivatsiya ℹ️ Bir shogird uzoq fursat mashhur rassomning qo‘lida taʼlim olibdi va kasb mahoratini egallab olgach, ustozidan oq fotiha berishni so‘rabdi. - Ijozat bersangiz, men ham mustaqil ish boshlasam, o‘rganganlarimni amalda tadbiq etsam… Ustoz javob beribdi: - Sen mening eng yaxshi shogirdimsan, juda ko‘p narsani o‘rganding. Ammo mustaqil ish boshlashingdan oldin so‘nggi maslahatim bor. Buning uchun borgin-da, eng yaxshi rasmingni chizib kel! Shogird ustozining oldidan mamnun holda chiqib, bor mahorati bilan zo‘r rasm chizibdi. So‘ng uni ustozining oldiga olib kelibdi. Ustozi rasmni ko‘rib, shogirdiga topshiriq beribdi: - Endi shu suratni shaharning eng gavjum joyiga olib borib ilib qo‘y va yoniga qizil qalam qo‘yib, shu satrlarni yoz: "Rasmga eʼtirozi borlar qizil qalam bilan o‘sha eʼtiroz o‘rniga belgi qo‘ysin!" O‘z rasmining mukammalligiga shubha qilmagan shogird ustozining aytganini bajaribdi va ikki kundan so‘ng ko‘z yosh bilan qaytib kelibdi: - Ustoz, mendan rassom chiqmaydi! Qarang, eng mukammal deb hisoblagan rasmim ham odamlarga yoqmabdi. Ustoz qarasa rasmning hamma joyiga qizil bilan chizib tashlangan, qizil qalam tegmagan joyi yo‘q hisobi. Shunda shogirdini ovutish uchun ustoz yana bitta topshiriq beribdi. - Endi qizil qalamlarni o‘chirib tashlagin-da, shu rasmni o‘sha gavjum joyga yana ilib qo‘y, ammo bu safar rasmning yonida qizil qalam emas, mo‘yqalam bilan ranglar idishini qoldir va shu satrlarni yoz: "Rasmga eʼtirozi borlar mo‘yqalam bilan o‘sha eʼtirozni tuzatib qo‘ysin!" Shogird chiqib ketibdi. Bir kun, ikki kun, bir hafta, bir oy vaqt o‘tibdi. Ammo rasmga bironta odam o‘zgartirish kiritmabdi. Shogird buni tushuna olmay turganida ustozi unga so‘nggi maslahatini ilinibdi: - Ko‘rdingmi! Odamlar shunaqa, tanqid qilish so‘ralsa hamma o‘zini shu kasb mutaxassisi hisoblaydi, ammo tuzatishga kelganda hammalari jim bo‘lishadi. Unutma, biron narsani tanqid qilishdan avval o‘rniga nima bera olishing mumkinligini o‘yla. Yo‘qsa, tanqid qilma!©️@historicaluz 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIGuruhIXarita

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6603 · 2024. 09. 12. AM 01:15

Mijozning muammosi - biznes muammosi #motivatsiya ℹ️ Kanalimiz yo'nalishiga unchalik mos bo'lmasa ham @bektoshkhatamov kanalida ancha oldin e'lon qilingan va meni o'ylanishga undagan bir hikoyani sizlar bilan bo'lishmoqchi edim: 1978 yilda General Motors korporatsiyasining Pontiac bo‘limiga mana bu mazmunda xat keladi: “Tushunaman, sizning nazaringizda ahmoqday ko‘rinishim mumkin, lekin hozir yozayotganlarim bor haqiqat. Biz oilamiz bilan har oqshom muzqaymoq yeymiz, har oqshom ovqatlanib bo‘lgach men muzqaymoq olgani do‘konga ketaman, hamma qaysi turdagi muzqaymoq yeyishini oldindan aytadi. Muammo men yangi Pontiac avtomobili sotib olganimdan keyin boshlandi. • har safar sutli muzqaymoq sotib olganimda avtomobil umuman yurmay qoladi, motorni qancha harakat qilsam ham o‘t oldira olmayman. • agar muzqaymoq qulupnayli, shokoladli yoki boshqa turdagi bo‘lsa, motorni tezda o‘t oldiraman. Ahmoqona tuyulishi mumkin, lekin Pontiac modelida muzqaymoq bilan bog‘liq qandaydir allergiya bo‘lishi mumkinmi deb o‘ylab qoldim. Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida bu narsaga dastlab g‘alati qarashdi, ammo keyin joyiga borib tekshirib ko‘rishdi. Rostan ham xuddi shunday voqea sodir bo‘lmoqda, sutli muzqaymoqda motor o‘t olmaydi, qolgalarida o‘t oladi. Muhandislar har tomonlama avtomobilni tekshirib ko‘rishadi, lekin hech qanday ayb topisha olmaydi, keyin muhandislardan biri sezib qoladiki, sutli muzqaymoqqa talab katta bo‘lgani uchun u do‘konning boshida turgan, qolgan muzqaymoqlar esa do‘konning oxirida turgan. Sutli muzqaymoqni sotib olish boshqalariga qaraganda tezroq amalga oshgan, bu vaqt oralig‘ida esa dvigatel sovishga ulgurmagan va karbyuratorda benzindan qolgan qoldiqlar probka hosil qilgan. Mana shu voqea tufayli General Motors korporatsiyasi karbyuratorni aynan shu jihatini takomillashtirgan. 💭Xulosa: Istalgan sohada bo'lsa ham mijoz yoki o'quvchilarning fikrini inobatga olish va ularga ko'mak berish orqali biznesda katta yutuqlarga erishish mumkin. Men ham kanalni yaxshi bo'lishida sizlarning talab va istaklaringizni doimo amalga oshirishga intilaman, balki shu sababli ham Allohning marhamati bilan shunday chiroyli "davra"da hammamiz jamlangandirmiz. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTube

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6602 · 2024. 09. 10. PM 02:39

Kompyuterni o'rganishni boshlaganimga ham 9 yil bo'libdi... #motivatsiya ℹ️ Ancha oldin kanalda kompyuter mening armonim bo'lsa kerak deb o'ylaganim haqida post e'lon qilgandim :) 👨‍🎓 2015-yil Toshkentdagi Irrigatsiya (to'liq nomini yozsam baribir tanimaysiz) ga o'qishga kirgandim va shu yildan boshlab kompuyuter o'rganishni boshlagan edim. Boshida xonadoshimni noutbukidan, keyinroq o'sha noutbukni sotib olib o'rganishda davom etgandim. 🦥 O'qish davrida ham imkon qadar hamma amallar (mustaqil ishlar, chizmalar va h.k.) ni kompyuter yordamida qilishga intilar edim, bunga asosiy sabab esa men juda dangasaman va kompyuter qo'ldan ko'ra ancha qulayroq edi. Yuqoridagi faylni esa 4-kurs oxirida tayyorlagan ekanman. 🤲 O'rganishni boshlaganimga 9 yil bo'lganiga qaramasdan haligacha o'rganishda davom etyapman, Allohning marhamati bilan kompyuterni Siz azizlarim bilan o'rganish nasib qilgan ekan, birgalikda o'rganishni davom etamiz inshaalloh. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTube

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6129 · 2024. 03. 17. PM 01:25

Hammasidan zerikkan boʻlsangiz buni bir koʻring... #motivatsiya ℹ Ushbu taqdimotga izoh bermayman, taqdimot muallifini ham bilmayman. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram I YouTube I Insta I TikTok

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5736 · 2023. 12. 22. PM 02:55

Hayot bersa ta'lim... #motivatsiya ❓Ustoz nimaga kerak? ✅ Siz erishmoqchi bo'lgan natijaga qanday qilib osonroq, samaraliroq yetib borish va bu yo'lda nimalardan saboq olish, nimalardan voz kechish haqida sizga ustozingiz aytib turadi. Chunki ustozingiz siz intilayotgan maqsadga yetib bo'lgan yoki qanday qilib tezroq yetib borishni biladi. ⭐️Hayot bersa ham ta'lim, baribir kerakdir muallim! 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIInstaITikTok

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5611 · 2023. 11. 20. AM 05:09

90 kunda tanib boʻlmas oʻzgaring! #motivatsiya ℹ️ Instagramda foydali kontent tayyorlaydigan mualliflardan biri Ustozation'dan samaradorlik bo'yicha tavsiyalar. 💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeI InstaI TikTok

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5507 · 2023. 10. 11. PM 01:30

Muvaffaqiyatga oson yoʻl... #motivatsiya 😎 Pullik yoki qimmat ilmni bepul yoki arzonga olish mumkinligi boʻyicha oʻzimning tajribamni oʻqib koʻrishingiz mumkin. 😢 Haqiqatan ham hozir turli IT sohalarga kuchni tashlab, lekin xorijiy tillarni bilmasdan "podadan" ajralib chiqolmayotganlar anchagina. ✅ Hozir bor kuchni xorijiy tillarga tashlash kerak. Bu IT sohasida 40 yillik tajribaga ega admin ya'ni meni ham tavsiyam 👴. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIInstaITikTok

Hashtags

KOMPYUTER AKADEMIYASI

@Kompyuter_akademiyasi · Post #5491 · 2023. 10. 07. PM 04:50

Tashkent mazzami?! #motivatsiya 😔 Otasi yoki akasi Rossiya yoki boshqa davlatlarda qiynalib ishlab, "oʻgʻlim/qizimni oʻqitaman" deb yurganda Toshkentga kelib hech nima qilmay, mazza qilib yurganlarga ham shunaqa video tayyorlab koʻrsatish kerak! ❗️Sizni shunday yurishingiz uchun kimlar oʻzini fido qilayotganini unutmang! ✅4 yildan keyin vatanga va hech boʻlmaganda oilangiz uchun ilmli, maʼrifatli inson boʻlib qaytishga harakat qiling! 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIInstaITikTok

Hashtags

12•••45678•••101112
이전6페이지 / 12페이지다음