🥳Bugun Telegram 10 yoshga to'ldi.
Pavel Durovtug'ilgan kun haqida shunday dedi:
Atigi oʻn yil ichida Telegram 800 milliondan ortiq faol foydalanuvchilarga ega boʻldi. Yillar davomida ko'plab yangilanishlar va takomillashtirishlar orqali Telegram zamonaviy xabar almashish tajribasi qanday bo'lishi kerakligini qayta belgilab berdi.
Telegram uchun navbatdagi qadam - bu xabar almashishdan tashqariga chiqish va umuman, ijtimoiy tarmoqlarda innovatsiyalarni rivojlantirish. Biz mashhurligimizdan milliardlab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o'zgartirish, sayyoramizdagi odamlarni ilhomlantirish va ko'tarish uchun foydalanishimiz kerak.
Bugungi kunda barcha foydalanuvchilar uchun hikoyalarning bosqichma-bosqich chiqarilishi Telegram tarixidagi ushbu yangi bosqichning boshlanishini anglatadi. O'tgan o'n yillik hayajonli bo'lsa-da, keyingi 10 yil Telegram o'zining haqiqiy salohiyatiga erishadigan vaqt bo'ladi. 🥳
#durov#telegram#10yosh
✅@TGraphUz | 📺YouTube
⚡️Durov YouTube’ning analogini tayyorlamoqda: Telegram jamoasi o‘rnatilgan videopleyer yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi
ℹ️ Agar pleyer 2025-yil oxirigacha messenjerga mukammal tarzda qo‘shilsa va video sifati sozlansa, ishlab chiquvchi guruh 50 000 dollar yutib oladi.
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
🔥Telegram kanalimizda ham yangi fishkalar paydo bo'lishi mumkin!
⭐️Premium obunachilar o’zlarining sevimli kanallariga ovoz berishlari va uning darajasini oshirishlari mumkinligini inobatga oladigan bo'lsak, sizdan ham @hashtaguz'ni qo'llashni so'rab qolaman.
🤕 Agar sizda Premium bo'lsa, bizga ovoz berishingiz mumkin:
👉https://t.me/hashtaguz?boost
😂 Diqqat, bu OpenBudget emas! Yog' bermaymiz...
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
✈️ 2018-yildan buyon Telegram foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlari va IP manzillarini rasmiy qonuniy so‘rovlar asosida xavfsizlik kuchlariga o‘tkazib keladi
ℹ️Pavel Durov bu faqat "to'g'ri bajarilgan" so'rov bilan sodir bo'lishiga ishontirdi va messenjer siyosatiga jiddiy o'zgarishlar kiritilmaganini ta'kidladi. Lekin baribir, yozishmalaringizni birov o'qishi mumkinligini bilib yashash boshqacha-a?
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
📱 Bugun Telegram dunyoga kelganiga 11 yil boʻldi!
❕ Eng qizigʻi, ochilishi bilan Telegramga ulangan ekanman raqamim bilan. Durovda ham 11 yil chiqmasa kerak tekshirib koʻrsa. 😅
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 Telegram endi internet-brauzerlarga muhtoj emas!
• Web3'ga kirish imkoniga ega ichki brauzer
• Vidjetlar do‘koni
• “Yulduzlar”ni sovg'a sifatida sotib olish imkoniyati
• “Hikoyalar”ga mini-ilovalar integratsiyasi
• Video xabarlarni yozib olishda chiroq.
➡️#telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
🔼 Sber’dan ochiq AI modellari chiqdi
Sber GigaChat-3.1 Ultra va Lightning modellarini e’lon qildi.
🔴 Ultra (702B parametrlar)
— Katta MoE model
— DeepSeek va Qwen kabi top modellardan kuchliroq (math va reasoning’da)
— Katta serverlar uchun mos
🔴 Lightning (10B / 1.8B active)
— Juda kichik va tez
— Top darajadagi modellarga yaqin natija beradi
— Lokal ishlatish uchun ham qulay
⚙️ Asosiy jihatlar:
— Noldan o‘qitilgan (finetune emas)
— 14 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi
— FP8 orqali tez va samarali ishlaydi
— Kod va vaznlar open source, MIT litsenziya ostida Hugging Face’da joylangan
📌 Bu degani: dasturchilar endi o‘z AI loyihalarini erkin va arzonroq qurishi mumkin, Sber esa bu jarayonda ochiq va qulay infratuzilma bilan yordam beradi.
👉Bizning barcha loyihalar | #telegram
Telegram begona mijoz-ilovalardan foydalanuvchi akkauntlarni belgilashni boshladi — messenjer norasmiy ilovalarni ishlatadigan foydalanuvchilarni aniqlaydigan funksiyani joriy etdi.
Bunday mijozlar muloqot chog‘ida xavfsizlik darajasini pasaytirishi va ma’lumotlar sizib chiqishi xavfini oshirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish oladi.
Sizda aynan qaysi telegram messenjer ilovasi?
👉Bizning barcha loyihalar | #telegram
Telegram kanallarda, kanal adminlariga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan holda, Telegram tomonidan joylashtirilayotgan reklamalarning hammasiga ham ishonib qolmang!
✈️Telegram Ads — bu reklama joylashtirish platformasi. U: reklama qoidalarga zid emasmi — shuni tekshiradi, ochiqcha scam, 18+, zo‘ravonlik, ekstremizm bo‘lsa — bloklaydi, shu bilan ishi tugaydi.
❌Nimalarni tekshirmaydi?
Telegram Ads: reklama beruvchi halolmi yo‘qmi, va’dalari rost chiqadimi, keyin odamlarni aldab ketadimi yo‘qmi, bularni tekshirmaydi. Ya’ni reklama chiqdi — lekin javobgarlik Telegramda emas.
⚠️ Qanday reklamalardan ogoh bo‘lish kerak?
Agar reklamada: “100% daromad”, “tez boyib ketasiz”, “faqat bugun, shoshiling” kabi so'zlar bo'lsa, aniq manzili, hujjati, kompaniyasi yo‘q bo'lsa ehtiyot bo‘ling, bu katta risk.
✅ O‘zingizni qanday himoyalash mumkin?
🔵Hech qachon shoshilib pul o‘tkazmang
🔵Internetdan loyiha haqida izlab ko‘ring
🔵Kommentariya, sharh, tajriba qidiring
🔵Shaxsiy ma’lumot va kodlarni bermang
📱Bizning barcha loyihalar |#telegram
🎁Durov maxfiylikni saqlash maqsadida 300 million dollardan va Grok tizimini integratsiya qilishdan voz kechdi.
Mask bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi - Telegram foydalanuvchilar yozishmalariga begona neyron tarmog‘ini kiritishga rozi emas.
Bitim o‘rniga messenjer o‘zining sun’iy intellekt yechimlariga e’tibor qaratmoqda. Cocoon nomli markazlashmagan sun’iy intellekt so‘rovlari tarmog‘i ishlab chiqilmoqda. Unda hisob-kitoblar mustaqil ravishda amalga oshiriladi va xabarlar uchinchi shaxslarga oqib chiqmaydi.
📱Bizning barcha loyihalar |#telegram
📱 Telegram’ga neyron tarmoqlar kirib kelmoqda — yilning ilk yangilanishi darrov foydali funksiyalarni olib keldi.
— Postlarning qisqa sharhi: uzun matnlarni o‘qishga erinsangiz, yangi tugma matnning qisqacha mazmunini chiqarib beradi. Ichki tizimda ochiq modellarga asoslangan Cocoon ishlatilgan. Funksiya faqat Telegram Premium foydalanuvchilari uchun mavjud.
— iOS dizayni yangilandi: “suyuq shisha” effekti yanada shaffof bo‘lib, yorug‘likning yumshoq sinishi va interfeysda chiroyli yaltirashlar paydo bo‘ldi.
— Power Saving (quvvatni tejash) rejimi: vizual effektlar va interfeys samaradorligini yaxshilash uchun batareya tejash imkoniyati qo‘shilgan.
— Passkeys bilan xavfsiz kirish: maxfiy SMS kodlari o‘rniga PIN yoki biometrik ma’lumot (Face ID, barmoq izi) orqali tez va xavfsiz Telegram’ga kirish imkoniyati taqdim etildi.
✅Bizning barcha loyihalar | #telegram