TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT POST

Post #3299

@phpdevelopersuz

IT news | Tg Bots

조회수564게시물 조회수
게시됨8월 29일2023. 08. 29. PM 03:24
내용

게시물 내용

Huawei Mate 60 Pro smartfoni peshonasida uchta teshik bilan chiqarildi! Barchamizga tanish bo'lgan Huawei kompaniyasi bugun Xitoyda ortiqcha dabdabalarsiz o'zining yangi smartfoni – Huawei Mate 60 Pro modelini namoyish qildi va uni peshonasida uchta teshigi ilk smartfon deyishimiz mumkin. Ular nima uchun ekanligini sizni ham qiziqtirayotganligi aniq. Bu uchta selfi kamerami? Yo'q, aslida selfi kamera bu yerda bitta va u 13 MP. Qolgan teshiklardan esa 3D ToF sensorlari, ya'ni Face ID uchun kerak bo'ladigan sensor va lazerlar o'rin olgan. Dasturiy ta'minot vositalariga rahmat, ekrandagi bu "go'zallik"ni siz bitta tugma bilan Apple'ning hozirgi iPhone 14 Pro smartfonlarining dinamik oroli ko'rinishiga o'zgartirib qo'yishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 29.08.2023