TGINSIGHT CHAT
Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal
@IIBBUZ
Жаңылыктар жана медиаСайт: https://iibb.uz/ Facebook: fb.com/iibb.uz Instagram: www.instagram.com/iibb_uz ВК – vk.com/iibbuz ОК – ok.ru/iibbuz YouTube: youtube.com/@ToshkentshaharIIBB Mover: mover.uz/channel/Toshkent_IIBB_Multimedia/ Х – x.com/iibb_uz
Акыркы жазуулар
24/84 бет · 1,005 жазуу
Жарыяланган 23-мар.
👉Vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanadi Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2026-yil 24-martdan 31-martga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burxonov ko‘chalarida yer osti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda vaqtincha avtoulovlar harakatiga o‘zgarishlar kiritiladi: • Mingbuloq ko‘chasining Xamroyeva ko‘chasidan kirish qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Avtoulovlar yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Mingbuloq ko‘chasiga harakatlanish mumkin bo‘ladi. • Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burxonov ko‘chasiga harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Haydovchilardan belgilangan tartib va tezlik me’yorlariga amal qilgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. ——— 👉Временно ограничивается движение автотранспорта В целях улучшения электроснабжения и обеспечения потребителей качественными электрическими услугами с 24 марта по 31 марта 2026 года в Мирзо-Улугбекском районе на улицах Мингбулок и Шукур Бурхонов будут проводиться работы по прокладке подземных кабельных сетей. В связи с этим временно вводятся изменения в движении автотранспорта по следующим адресам: • На въезде с улицы Хамроева на улицу Мингбулок движение будет временно ограничено. Движение автотранспорта будет организовано по второй полосе дороги во встречном направлении. Также будет возможно движение с улицы Дурмон йули на улицу Мингбулок. • Движение с улицы Мингбулок на улицу Шукур Бурхонов будет временно ограничено. Просим водителей соблюдать установленный порядок движения и не превышать скоростной режим. Приносим извинения за доставленные неудобства. © Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati | Rasmiy kanali 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 23-мар.
📢E’LON Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 23-martdan 7-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) Amir Temur xiyoboni hududi butun perimetri bo‘ylab vaqtincha yopiladi. Cheklovlar faqat Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh ko‘chalari hamda Amir Temur va Mustaqillik shohko‘chalari chegaralarida joylashgan xiyobon maydonining o‘ziga taalluqlidir. Ishlar davomida piyodalar yo‘laklari qoplamasini ta’mirlash va qisman yangilash, muhandislik kommunikatsiyalari va sug‘orish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan. Yangilanayotgan sug‘orish tizimi suvdan yanada oqilona foydalanishni hamda mavjud yashil maydonlarni yanada samaraliroq sug‘orishni ta’minlaydi. Shuni alohida ma’lum qilamizki, olib borilayotgan ishlar doirasida mavjud bo‘lgan birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmaydi. Aksincha, qo‘shimcha ko‘chatlar ekish va hududni ko‘kalamzorlashtirishni kuchaytirish ishlari ko‘zda tutilgan. Bunda tutash ko‘chalarda avtotransport harakati va yo‘l bo‘yida to‘xtab turish imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qoladi. Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlarining chiqish yo‘llari ham vaqtincha yopiladi. Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. ——— 📢ОБЪЯВЛЕНИЕ С 23 марта по 7 апреля 2026 года включительно в Юнусабадском районе города Ташкента, в связи с проведением работ по благоустройству, будет временно закрыта территория площади Амира Темура по всему периметру. Ограничения распространяются исключительно на территорию самой площади сквера, расположенной в границах улиц Махтумкули, Истикбол, Сайилгоҳ, а также проспектов Амира Темура и Мустакиллик. В ходе работ предусмотрены ремонт и частичное обновление покрытия пешеходных зон, модернизация инженерных коммуникаций и системы полива, а также работы по озеленению территории. Обновляемая система орошения позволит обеспечить более рациональное использование воды и более эффективный полив существующих зелёных насаждений. Отдельно сообщаем, что в рамках проводимых работ ни одно существующее насаждение не пострадает. Напротив, предусмотрены дополнительные посадки и работы по усилению озеленения территории. При этом движение автотранспорта по прилегающим улицам, возможность придорожного паркинга сохраняются в обычном режиме. Выходы из метро, ведущие на территорию площади сквера, на указанный период также будут временно закрыты. Приносим извинения за временные неудобства и благодарим за понимание. ©Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 23-мар.
👉 Har juma soat 21:30da "UzReport TV" da "Navbatchilik qismi" ko‘rsatuvini tomosha qiling 👉 Ҳар жума соат 21:30да "UzReport TV" да "Навбатчилик қисми" кўрсатувини томоша қилинг Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 23-мар.
💐 Poytaxtimizda bayram shukuhi davom etmoqda 💐 Пойтахтимизда байрам шукуҳи давом этмоқда Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 23-мар.
👉Yashnobod tumanida mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi Poytaxtimizning Yashnobod tumanida istiqomat qilib kelayotgan foydali mehnat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda tuman IIO FMB probatsiya bo‘limi hamda profilaktika hisobida turuvchi, mehnat migratsiyasidan qaytgan va mehnat bozoriga ilk kirib kelayotgan bilim dargohlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Batafsil... ——— 👉 Яшнобод туманида меҳнат ярмаркаси ташкиллаштирилди Пойтахтимизнинг Яшнобод туманида истиқомат қилиб келаётган фойдали меҳнат билан шуғулланиш истагида бўлган фуқаролар ҳамда туман ИИО ФМБ пробация бўлими ҳамда профилактика ҳисобида турувчи, меҳнат миграциясидан қайтган ва меҳнат бозорига илк кириб келаётган билим даргоҳлари битирувчиларининг бандлигини таъминлаш мақсадида меҳнат ярмаркаси ташкил этилди. Батафсил... Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 23-мар.
#сурдоперевод 👉Помните! Давать или брать взятки это преступление против себя, своих близких, против своего будущего. Подписывайтесь на наши официальные страницы! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Hashtags
Жарыяланган 23-мар.
👉 "Navbatchilik qismi" ko‘rsatuvining yangi soni ▫️ Noqonuniy kripto-aktivlar bilan shug'ullanib kelgan shaxslar ushlandi ▫️ Poytaxt IIBB tomonidan noqonuniy kripto-aktivlar va giyohvandlik vositalari bilan shug'ullanib kelgan shaxslar ushlandi ▫️ Chilonzor tumanidagi mahallalarda xavfsizlik kuchaytirilmoqda ____ 👉 "Навбатчилик қисми" кўрсатувининг янги сони ▫️ Ноқонуний крипто-активлар билан шуғулланиб келган шахслар ушланди ▫️ Пойтахт ИИББ томонидан ноқонуний крипто-активлар ва гиёҳвандлик воситалари билан шуғулланиб келган шахслар ушланди ▫️ Чилонзор туманидаги маҳаллаларда хавфсизлик кучайтирилмоқда 📹https://youtu.be/Kkcg-dV7Yrc Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 23-мар.
💐 Navro'z bayramingiz bilan! 💐 Наврўз байрамингиз билан! Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 22-мар.
💐 Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin! 21-mart – sharqona yangi yil, bahor va yasharish bayrami barchangizga qutlug‘ kelsin. ——— 💐 Наврўз айёми муборак бўлсин! 21-март – шарқона янги йил, баҳор ва яшариш байрами барчангизга қутлуғ келсин. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 22-мар.
#OAV_biz_haqimizda#СМИ_о_нас 👉O‘rganishlar o‘zgarishlar sari Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatov tomonidan sohaviy xizmat mas’ullari, poytaxt IIBB rahbariyati hamda Chilonzor tumani mutasaddilari ishtirokida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini ishonchli ta’minlash masalalari yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Davomi ©«Postda – На посту – At the post», №11 (4757), 2026-yil 12-mart 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Hashtags
Жарыяланган 22-мар.
💐 Yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda! 💐 Юртимизда байрам шукуҳи кезмоқда! Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads
Жарыяланган 22-мар.
👉Sergeli tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Sergeli tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik B.B. Anvarov, tuman hokimi D. Ismatov hamda tuman prokurori O‘. Davlanovlar tomonidan “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotlari davomida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Payshanba” kuni o‘tkazildi. Unda tumandagi Bunyodobod, Yangi Bunyodobod, Mehrigiyo, O‘zgarish hamda Xabibiy mahallalarida yashovchi probatsiya va profilaktik hisobda turuvchi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida bir qator ijtimoiy masalalar ijobiy hal etildi: — Yangi Bunyodobod mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan oilalarning gazdan qarzdorliklari to‘lab berildi; — Bunyodobod, Mehrigiyo va O‘zgarish mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlarga Hayit bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi; — Fuqarolik pasporti olish bo‘yicha murojaat qilgan yoshlarga shu kunning o‘zida hujjatlar tantanali ravishda topshirildi. Jami 25 nafar yosh ishtirok etgan uchrashuvda ularning 12 nafarining muammolari joyida hal etildi. Qolgan 13 nafar yoshlarning murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 👉Сергели туманида ёшлар билан учрашув ўтказилди Сергели тумани ИИО ФМБ бошлиғи подполковник B.B. Анваров, туман ҳокими Д. Исматов ҳамда туман прокурори Ў. Давлановлар томонидан “Ёшлар ўртасида жиноятчиликни олдини олиш” мавзусида ёшлар билан учрашув ташкил этилди. Мазкур учрашув Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 24 февраль куни ёшлар билан ўтказган мулоқотлари давомида белгилаб берилган топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида, «Пайшанба» куни ўтказилди. Унда тумандаги Бунёдобод, Янги Бунёдобод, Меҳригиё, Ўзгариш ҳамда Хабибий маҳаллаларида яшовчи пробация ва профилактик ҳисобда турувчи, шунингдек, ижтимоий ҳимояга муҳтож оилалар фарзандлари иштирок этдилар. Учрашув давомида бир қатор ижтимоий масалалар ижобий ҳал этилди: — Янги Бунёдобод маҳалласида яшовчи ногиронлиги бўлган оилаларнинг газдан қарздорликлари тўлаб берилди; — Бунёдобод, Меҳригиё ва Ўзгариш маҳаллаларида истиқомат қилувчи ёшларга Ҳайит байрами муносабати билан озиқ-овқат маҳсулотлари топширилди; — Фуқаролик паспорти олиш бўйича мурожаат қилган ёшларга шу куннинг ўзида ҳужжатлар тантанали равишда топширилди. Жами 25 нафар ёш иштирок этган учрашувда уларнинг 12 нафарининг муаммолари жойида ҳал этилди. Қолган 13 нафар ёшларнинг мурожаатлари юзасидан тегишли ташкилотларга аниқ топшириқлар берилди. 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads