Мазмун
🧠Bolalarni himoya qilish bo‘yicha yangi bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Mazkur hujjat bolalar va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga barham berish bo‘yicha muhim qadamlarni belgilaydi. Endilikda nimalar o'zgaradi? 🔹 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazolar keskin kuchaytiriladi — umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha. 🔹 Voyaga yetmaganlarga oid jinsiy va zo‘ravonlikka oid jinoyatlarini tergov qilish vakolati prokuratura organlariga o‘tkaziladi. 🔹 Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchi va sudyalar tomonidan bunday ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. 🔹 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklovlar belgilanadi. 🔹 Nodavlat ta’lim tashkilotlarini majburiy kamera bilan ta’minlash va videoyozuv qaydlarini kamida 6 oygacha saqlash talabi joriy etiladi. 🔹 Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi. 🔹 Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam beriladi. 🔹 Sudgacha va sud jarayonlarida vasiylik va homiylik organi vakilining majburiy ishtiroki ta’minlanadi. 🔹 Jinsiy zo‘ravonlik ishlarida bola va gumon qilinuvchi o‘rtasida yuzlashtirish faqat tergovchi va prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida o‘tkaziladi. 🔹 Tajriba tariqasida “Barnahus” modeli joriy etiladi — barcha protsessual harakatlar va psixologik jarayonlar bola uchun xavfsiz, yagona muhitda amalga oshiriladi. 🔹 Tergovchi, sudya, prokuror, advokat va ijtimoiy xodimlar bolalar bilan ishlashning maxsus dasturlari asosida tayyorgarlikdan o‘tadi. 🔹 Bolalarni “raqamli makon”da himoya qilish uchun 24/7 ishlovchi monitoring va xabar berish platformasi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu o‘zgarishlar bolalarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni zo‘ravonlikdan asrash va xavfsiz muhit yaratish yo‘lida muqarrar qadam hisoblanadi. © Ijtimoiy himoya milliy agentligi 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads