Мазмун
Joriy yilning 26-fevral kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining Yo'l harakatini tashkil etish markaziga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif yakuniga ko‘ra yo‘l infratuzilmasini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ustuvor yo‘nalishlar va aniq vazifalar belgilab olindi. Shu sababli shahar hokimligi poytaxtdagi yo‘l harakati holatini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar majmuasini amalga oshirish uchun “Dolzarb 90 kunlik” e’lon qiladi. YHTEM mutaxassislari poytaxtning eng tirband bo‘lgan 472 km avtomobil yo‘llarini aniqlab, ishlarni quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda boshlashni tavsiya qildi: — yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish va joriy qilish; — jamoat transportiga ustuvorlik berish va tegishli infratuzilmani yaratish; — ko‘cha-yo‘l tarmog‘i bo‘ylab reklama konstruksiyalari va boshqa tashuvchilarni o‘rnatishni tartibga solish hamda nazorat qilish; — avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan mavjud savdo shoxobchalarini optimallashtirish va ular bo‘yicha tartibli yechimlar ishlab chiqish; — svetofor obyektlari va yo‘l belgilarini o‘rnatish, modernizatsiya qilish va yangilash; — yo‘l harakatini tashkil etishning tasdiqlangan sxemalari asosida yo‘l chiziqlarini takomillashtirish; — bekat majmualarini yangilash va almashtirish; — ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida chuqurcha va karta usulida ta’mirlash ishlarini olib borish; — avtoturargoh maydonini rivojlantirish va tartibga solish. YHTEM va shahar hokimligi jamoasining ishonchi komilki, ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi poytaxt yo‘l-transport tizimidagi umumiy vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shahar aholisi va mehmonlari esa sezilarli o‘zgarishlarni his qiladi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2025-yil dekabr oyida poytaxt transport siyosatini tizimli takomillashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan tuzilma — Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etilgan. — 26 февраля текущего года состоялся визит руководителя Администрации Президента в Центр организации дорожного движения г. Ташкента, по итогам которого определены дополнительные приоритеты и поставлены конкретные задачи по повышению эффективности управления дорожной инфраструктурой. В этой связи хокимият Ташкента объявляет о проведении «Ударных 90 дней» по реализации комплекса масштабных мер, направленных на улучшение дорожной ситуации в столице. Специалистами ЦОДД выявлено 472 км наиболее загруженных автомобильных улиц столицы, с которых рекомендовано начать работу по следующим приоритетным направлениям: — разработка и имплементация проектных решений по организации дорожного движения; — приоритизация общественного транспорта и создание соответствующей инфраструктуры; — регламентирование и контроль за установкой рекламных конструкций и иных носителей вдоль улично-дорожной сети; — оптимизация и выработка упорядоченных решений в отношении существующих торговых точек, расположенных вдоль автомобильных дорог; — установка, модернизация и обновление светофорных объектов и дорожных знаков; — совершенствование дорожной разметки на основе утверждённых схем ОДД; — обновление и замена остановочных комплексов; — проведение ямочного и карточного ремонта улично-дорожной сети; — развитие и упорядочивание парковочного пространства. Команда ЦОДД и хокимията Ташкента убеждена, что реализация указанных мер положительно скажется на общей ситуации в дорожно-транспортной системе столицы, а жители и гости города почувствуют ощутимые изменения. Справочно: Постановлением Президента Республики Узбекистан в декабре 2025 года был создан Центр организации дорожного движения города Ташкента — специализированная структура, нацеленная на системное совершенствование транспортной политики столицы. © Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads