Мазмун
🌲 “Yashil makon” aksiyasi doirasida “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusiga start berildi Poytaxtda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ko‘chat ekish mavsumining yangi bosqichi boshlandi. Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligida Bektemir tumanidan videoselektor aloqa orqali poytaxt bo‘ylab “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasiga start berildi. Muhim jihat shundaki, bugun shaharning barcha 12 ta tumanida yangi bog‘lar barpo etish ishlari boshlandi. 🌱 Jarayonda Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Prokuratura, Soliq qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvargdiya, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda boshqa qator tashkilotlar rahbarlari va xodimlari faol ishtirok etib, Bektemir tumanida shu vaqtga qadar 2000 dan ortiq daraxt ekildi. Bu hududda jami ekiladigan ko'chatlar soni esa 10 500 dan ortiq. Ishlar davom etmoqda – shahrimizni ko‘kalamzorlashtirish va ekologik vaziyatni yaxshilash yo‘lida siz ham o‘z hissangizni qo‘shing. _________________ 🌲 В рамках акции «Yashil makon» дан старт инициативе «Men ham ko‘chat ekaman». В столице начался новый этап сезона посадки деревьев в рамках общенациональной программы «Yashil makon». Под руководством хокима города Ташкента Шавката Умурзакова из Бектемирского района по видеоселекторной связи был дан старт акции «Men ham ko‘chat ekaman» по всей столице. Важно отметить, что сегодня во всех 12 районах города начались работы по созданию новых садов. 🌱 В процессе принимают участие руководители и сотрудники хокимията города Ташкента, Управления экологии, Управления внутренних дел, прокуратуры, Налогового комитета, Управления по чрезвычайным ситуациям, Национальной гвардии, Департамента по борьбе с экономическими преступлениями и ряда других организаций. На данный момент в Бектемирском районе высажено более 2000 деревьев. Всего на этой территории планируется высадить более 10 500 саженцев. Работы продолжаются — присоединяйтесь и вы, внесите свой вклад в озеленение города и улучшение экологической ситуации. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads