Мазмун
MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH MASALALARI TANQIDIY TAHLIL QILINDI Yunusobod tumani prokurori Y.A.Abdurahmonov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Vafoyev rahbarligida tuman idoralararo muvofiqlashtirish shtabining navbatdagi tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son hamda PQ-2-sonli “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. ✍️Yig‘ilishda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: 🫥Yangi tizim: Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yaxlit manzilli ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish; 🫥Profilaktika: Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish (profilaktika) samaradorligini yanada oshirish; 🫥Mas’uliyat: Belgilangan vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas’ullarning faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish. Yakunda tuman hududida huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. © Yunusobod tumani hokimligi Matbuot xizmati 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads