Мазмун
📣Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga! Tashqi reklamani joylashtirishda reklama joyi pasportini rasmiylashtirish talab etiladi. Reklama joyi pasportini rasmiylashtirish my.gov.uz elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. Portalning “Xususiy mulk uchun reklama joyi pasportini rasmiylashtirish” xizmati bo‘limi orqali ma’lumotlar bosqichma-bosqich kiritiladi. Arizada binoga yoki tadbirkorlik subyektiga oid qo‘shimcha hujjatlar ilova qilinishi kerak. So‘nggi bosqichda reklama joylashtiriladigan obyektning tashqi ko‘rinishi rasmi yuklanadi va uning lokatsiyasi belgilanadi. Arizani ko‘rib chiqish uchun 370 800 so‘m, ya’ni BHMning 90% miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi. Hujjatlar to‘liq taqdim etilganidan so‘ng, ariza 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi va reklama joyi pasporti shakllantiriladi. Agar arizada kamchilik aniqlansa, bepul qayta ariza yuborish imkoniyati mavjud. Reklama joyi pasporti olingandan so‘ng, reklama maydoni uchun har oy kvadrat metriga va joylashgan hududiga qarab 50 ming so‘mdan 80 ming so‘mgacha to‘lov amalga oshiriladi. Tashqi reklama yozuvi belgilangan me’yorlarga mos bo‘lishi kerak. Jumladan, reklama yozuvidagi harflarning balandligi 20 santimetrdan 50 santimetrgacha, qalinligi esa 5 santimetrdan 15 santimetrgacha bo‘lishi lozim. Reklama yozuvi alohida-alohida harflardan iborat bo‘lishi, har bir element aniq va tartibli ko‘rinishda joylashtirilishi kerak. Peshlavha yoki logo kirish qismi kengligining 60 foizigacha bo‘lgan maydonda joylashtiriladi. Har bir tijorat obyektiga bitta reklama yozuvi joylashtiriladi. Agar obyekt ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan bo‘lsa, peshlavhalar bir qatorda, o‘zaro uyg‘un ranglarda va yaxlit vizual yechim asosida joylashtirilishi kerak. Tartib va me’yorlarga rioya qilish reklama joylashtirish jarayonini soddalashtiradi va obyekt tashqi ko‘rinishining uyg‘unligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, har bir holat alohida tartibda ko‘rib chiqiladi — konstruktsiya turi va tadbirkorlik obyektining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib. Batafsil — videoda. ⸻ 📣Вниманию субъектов предпринимательства! Напоминаем, что при размещении наружной рекламы требуется оформление паспорта рекламного места. Оформление осуществляется через электронную систему my.gov.uz. Данные вносятся поэтапно через раздел портала «Оформление паспорта рекламного места для частной собственности». К заявке необходимо приложить дополнительные документы, относящиеся к зданию или субъекту предпринимательства. На завершающем этапе загружается изображение внешнего вида объекта и указывается его локация. Для рассмотрения заявки предусмотрен разовый платеж в размере 370 800 сумов (90% БРВ). После подачи полного пакета документов заявка рассматривается в течение 15 рабочих дней, по итогам чего формируется паспорт рекламного места. При выявлении недостатков предусмотрена возможность бесплатной повторной подачи. После получения паспорта ежемесячная оплата за размещение рекламы составляет от 50 до 80 тысяч сумов за квадратный метр в зависимости от зоны размещения. Наружная реклама должна соответствовать установленным требованиям. В частности, высота букв должна составлять от 20 до 50 сантиметров, толщина — от 5 до 15 сантиметров. Надпись должна быть выполнена из отдельных букв, элементы — размещены чётко и упорядоченно. Вывеска или логотип размещаются в пределах до 60% ширины входной группы. На один коммерческий объект допускается одна рекламная надпись. Если объект расположен на первом этаже многоквартирного дома, вывески должны быть выполнены в едином визуальном решении и гармоничной цветовой гамме. Соблюдение порядка и требований упрощает процесс размещения рекламы и обеспечивает единый внешний облик объектов. При этом каждый случай рассматривается индивидуально — с учётом типа конструкции и особенностей предпринимательского объекта. Подробнее — в видео. © Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads📲WhatsApp