Мазмун
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida mahallabay ishlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tashabbus doirasida Chilonzor tumanining Beshqo‘rg‘on mahallasi hududida kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, jinoyatchilikni keskin kamaytirish, aholining turmush darajasini oshirish, ekologik holatni yaxshilash hamda boshqa dolzarb muammolarni manzilli hal etish maqsadida shahar IIBB, soliq, favqulodda vaziyatlar hamda aholiga ijtimoiy-iqtisodiy xizmat ko‘rsatuvchi qator tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar shakllantirildi. Toshkent shahar prokurori v.v.b. A.A.Urmanov hamda shahar IIBB boshlig‘i R.I.Sultonxodjayev rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor yig‘ilishda ishchi guruh a’zolariga mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda hal etish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb qilish, hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan bir qator topshiriqlar berildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, mahallaning infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. © Тошкент шаҳар прокуратураси | Расмий канал! 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads📲WhatsApp