Мазмун
👉E'LON: YUNUSOBOD TUMANIDAGI NIYOZBEK YO‘LI KO‘CHASIDA HARAKAT TARTIBI O‘ZGARDI Yunusobod tumani hokimining tegishli qaroriga muvofiq, “Buyuk Turon” mahallasi hududida yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi harakat tartibi joriy etilmoqda. 📌 Nimalar o‘zgardi? 📍Niyozbek yo‘li ko‘chasi (43-sonli maktab oldi): Harakatlanish — Chingiz Aytmatov ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasi yo‘nalishi tomon. 📍Niyozbek yo‘li 3-tor ko‘chasi: Harakatlanish — Amir Temur shoh ko‘chasidan Niyozbek yo‘li 1-tor ko‘chasi tomon Hozirda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va YHXB xodimlari tomonidan hududga tegishli asosiy va yordamchi yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Hurmatli haydovchilar! Sizdan yangi o‘rnatilayotgan yo‘l belgilariga qat’iy rioya qilishingizni hamda harakatlanishda ilova qilinayotgan chizmaga amal qilishingizni so‘raymiz. Bu o‘zgarishlar hududda tartib o‘rnatish va piyodalar, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. © Yunusobod tumani hokimligi Matbuot xizmati. 💻Facebook🖥Instagram📲Telegram💻VK📱OK📹YouTube🎥Mover🐤Twitter📲Threads📲WhatsApp