TGINSIGHT CHAT
Til va adabiyot ta’limi
@TAT_jurnal
Билим берүү📍 “Til va adabiyot ta'limi” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan. 📍 Murojaat uchun: @TilAdabiyot_bot
Акыркы жазуулар
1/85 бет · 1,010 жазуу
Жарыяланган 19-апр.
#video 👏Ibratli rolik. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
Hashtags
Жарыяланган 18-апр.
#foydali #tadqiqotchi IMRaD xalqaro formati haqida bilasizmi? Ilmiy maqola tuzilmasining eng muhim bosqichlari – Introduction, Methods, Results, Discussion haqida batafsil. “Introduction” (kirish qismi) qanday yoziladi? Kirish – bu sizning tadqiqotingiz “nima uchun muhim?” degan savolga javob beradigan bo‘limdir. Kirish bo‘limida quyidagilar yoritiladi: 🔹 Background information – oldingi tadqiqotlarni qisqacha ko‘rib chiqish; 🔹 Significance – mavzuning dolzarbligi; 🔹 Research problem va research gap – muammo va bo‘shliqni aniqlash; 🔹 Known & unknown information – ma’lum va noma’lum jihatlar; 🔹 Research aim & objectives – tadqiqot maqsadi va vazifalari; 🔹 Research questions – tadqiqot savollari (yoritilsa maqsadga muvofiq); 🔹 Research hypothesis – gipotezalar (agar mavjud bo'lsa); 🔹 Contribution – tadqiqot hissasi; 🔹 Structure of the paper – maqola tuzilmasi. Kirish qismda siz quyidagilarga javob berasiz: – Nima uchun bu tadqiqot zarur? – Qaysi muammo va bo'shliqlar yechim talab qiladi? – Tadqiqotingiz sohaga qanday yangi hissa qo‘shadi? “Literature Review” (adabiyotlar sharhi) qanday yoziladi? Adabiyotlar sharhi – bu tadqiqotingizning nazariy asosi va ilmiy poydevori bo‘lib, unda siz mavzuga oid avvalgi tadqiqotlarni tahlil qilasiz va bo‘shliqlarni aniqlaysiz. Bu bo‘limda quyidagilar yoritiladi: 🔹Dolzarb adabiyotlarni izlash va manbalarni baholash; 🔹Asosiy nazariyalar, model va metodlarni solishtirish; 🔹Tadqiqotlar orasidagi umumiylik va farqlarni aniqlash; 🔹Ilmiy bahslar va tadqiqot bo‘shliqlarini ko‘rsatish. “Research Methods” (tadqiqot metodlari) bo'limi qanday yoziladi? “Tadqiqot metodlari” bo‘limi – bu ilmiy ishning metodologik asosini tashkil etadi. Unda tadqiqot qanday usullar orqali olib borilgani, ma’lumotlar qanday yig‘ilgani va ularni tahlil qilish jarayonida qaysi metodlardan foydalanilgani batafsil tushuntiriladi. Bu bo‘limda quyidagilar yoritiladi: 🔹Tadqiqot dizayni (research design) – tanlangan metodologik yondashuv (miqdoriy, sifatli yoki aralash); 🔹Tadqiqot muammosi, bo'shliqlari, savollari, vazifalari, gipotezalar va namuna (sample) haqida ma’lumot; 🔹Ma’lumotlarni yig‘ish usullari va vositalari (statistik ma'lumotlar, so‘rovnoma, intervyu, kuzatuv va boshqalar); 🔹Tadqiqot o‘zgaruvchilari (variables) va ularning o‘lchov birliklari (measurement scales); 🔹Ma’lumotlarni tahlil qilish usullari (miqdoriy va sifatli tahlil usullari); 🔹Ishonchlilik (reliability) va haqqoniylik (validity)ni ta’minlash choralari. “Results” (natijalar) bo‘limi qanday yoziladi? “Natijalar” bo‘limi bu – sizning tadqiqot topilmalaringizni obyektiv tarzda taqdim etadigan qismdir. Unda siz to‘plagan ma’lumotlar, statistik tahlillar natijalari va kuzatishlar aniq, qisqa izoh shaklda bayon qilinadi. Natijalar bo‘limida quyidagilar yoritiladi: 🔹Tadqiqot savollariga javob beruvchi asosiy topilmalar (key findings); 🔹Statistik tahlil natijalari (Statistical analysis results); 🔹Jadval va grafiklarda ma’lumotlarni taqdim etish (Tables and figures); 🔹Gipotezalar natijalari (Hypothesis testing outcomes); 🔹Muhim tendensiyalar va kutilmagan topilmalar (Trends and unexpected results). “Discussion” (muhokama) va “Conclusion” (xulosa) bo‘limlari qanday yoziladi? “Discussion” bo‘limida – tadqiqot natijalari batafsil tushuntiriladi, ularning ilmiy mazmuni ochib beriladi va avvalgi tadqiqotlar bilan solishtiriladi. Bu bo‘limda natijalarning nazariy yoki amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi, mavjud cheklovlar yoritiladi hamda kelgusidagi izlanishlar uchun tavsiyalar beriladi. “Conclusion”bo'limida – tadqiqot muammosi va mavzuni dolzarbligi qisqacha eslatilib, asosiy topilmalar va dalillar umumlashtiriladi. Ushbu ma'lumotni ilmiy doiradagi insonlarga yuborib qo'ying. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
Hashtags
Жарыяланган 17-апр.
#xabar Qadrli davradoshlar! Galdagi adabiy muhokama uchun Nazar Eshonqulning „Giryon“ romani tanlandi. Tadbir sanasi qoʻshimcha eʼlon qilinadi. Mutolaaga darhol kirishishingiz mumkin😉 @adabiy_klub
Hashtags
Жарыяланган 17-апр.
#maqola #jurnal Sunʼiy intellekt Sizni taniydimi? ⚡️Tekshirib ko‘rsak, SI hammani ham taniyvermas ekan. Ammo, "Til va adabiyot ta'limi" jurnalidagi qahramonimizni juda yaxshi biladi. Hatto, u haqidagi SI bergan maʼlumotlarni nashrimizda ham chop etganmiz. 🚩O‘zingizni SIdan so‘rab ko‘ring-chi? Sizni tanirmikan? 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
Жарыяланган 16-апр.
#jurnal#fiqra Yaldo kechasi deganda eng uzun, eng zimziyo tun xayolga keladi. Umidsizlik, ilojsizlik chulg‘aydi dilni. Mag‘lubiyat alami tirnaydi yurakni. G‘am-anduh hech qachon tugamaydigandek. Xush soatlar aslo qaytmaydigandek... Shoirlar asriy dardlar bilan to‘lgan siyohdonidan bor qora ranglarni shu tunga to‘kkandek. Aslida esa, qadim inonchlarga ko‘ra, ezgulik bilan abadiy olishadigan yovuzlik Yaldo kechasida qudratining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va... zavolga yuz tutadi. Uni bir qatim nur yengadi. Shu bois turkiylar qishki quyosh turishi hodisasini azal-azaldan bayram qilib kelgan. Yorug‘likning qorong‘ilik ustidan g‘alabasi – “kunning tug‘ilgan kuni” nishonlangan (“yaldo” so‘zi ham suryoniy tilida “tug‘ilish” ma’nosini berar ekan). Ota-bobolarimiz taqvimida 21-dekabrdan to‘qson (qish) kirgan. Nega to‘qson? Chunki qahraton shuncha sutka davom etib, so‘ng bahor keladi. To‘qson kirsa, to‘rg‘ay odimicha kun uzayar, degan maqol bor. “Nurning tug‘ilishi” majozi ana shu tabiat hodisasi – kunning uzayib borishini anglatadi. Yaldo kechasi har qancha uzun, har qancha qorong‘i bo‘lmasin, baribir oppoq tong otadi. Zulmat qa’rida bir qatim nur urug‘lanadi. Ona batnidagi homila misol rivojlanib, kuchga to‘lib boradi va Navro‘z – Yilboshida yuzaga chiqadi (Go‘ro‘g‘li kabi). Ramziy ma’noda ayni sana – 21-dekabrda taqdimoti o‘tkazilgan “Yaldo kechasi” romani (Xayriddin Sulton) “tariximizning eng kirlik, qora kunlari”dan mavzu olgan. Asar “Turkistonning tuganmas qayg‘usi, elning bedavo dardi, vatandorlik armoni, ozodlik va adolat, ma’rifatli jamiyat orzusi, mahrumiyat va mag‘lubiyat alamlaridan, zulm va jaholat hukmron bo‘lgan yaldo kechalarining nihoyasiz istibdodidan hasrat va faryod chekib” yozilgan. O‘zbek do‘ppisidagi bir sirga ko‘pchilik e’tibor beravermaydi: oq naqsh ichida qora nuqta bor va uning muqobilida oq nuqta. Turkiy xalqlarning epik qahramoni Go‘ro‘g‘li dushman yurtida, qorong‘i go‘rda tug‘ilgan. Ko‘kturk xoqonligi mafkurachisi Tunyuquq esa g‘anim Tabg‘ach elida ulg‘aygan. Sohibqiron Amir Temur avvaliga mo‘g‘ul sarkardalari xizmatida yurgan... Tarixdan ham, adabiyot va san’atdan ham istagancha misol-u timsol topish mumkin. Millat otalari Yusufbek hoji yanglig‘ elga ega chiqolmasa, johillik va parokandalik oldida ojiz qolsa, millat o‘g‘lonlari Otabek kabi yurt himoyasida bosqinchi o‘qiga ko‘ksini qalqon qiladi, toki bu qo‘rg‘oshin bir norasidaning bag‘riga qadalmasin. Mag‘lub otalardan yodgor yodgorbeklar qarshilik harakatini ma’rifat jabhasida davom ettiradi. Keyingi avlod yo Ozodbekka o‘xshab mustamlakachiga yollanib bo‘lsa-da, millatga yashirin xizmat qilishga intiladi. Yo Odilbek misol ochiq qurolli qarshilik ko‘rsatib shahid ketadi, uning qoniga belangan hurriyat bayrog‘ini esa Oynisa singari ayol qo‘rboshilar ko‘taradi. Millat bayrog‘i hech qachon yerda qolmaydi! Yaldo kechalarida bir shamdek yonmoqni, xalqimizning ozodlik tomon yo‘lini yoritmoqni maslagi deb bilgan minglab ziyolilarimiz Ozodbek qismatini o‘tab o‘tdi. Ular ochiq kurasha olmadi, lekin taslim ham bo‘lmadi. “Shaklan milliy va mazmunan sotsialistik” siyosatga zimdan qarshi ishladilar. Kommunist libosini kiyib, o‘zbek bo‘lib yashadilar. Hurriyat chirog‘ini o‘chirmasdan omon-omon zamonlargacha yetkazib keldilar. “Yaldo kechasi” romani ko‘hna turkiy falsafa – hech qachon yengilmaslik, zulmat davrlarda ham maslakdan og‘ishmaslik, maqsad sari intilishni to‘xtatmaslik g‘oyasini yuqtiradi yosh yuraklarga. “Til va adaviyot ta’limi” jurnalining 2025-yil 12-soniga kirishso‘z 🗄Farrux Jabborbek
Жарыяланган 15-апр.
#elektronjurnal #Filologiya_Pedagogika ✨"Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnalining 2026-yilgi 7 (26)-soni bilan tanishing. 📌Elektron jurnal Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi "Til va adabiyot ta’limi" davlat korxonasi muassisligida nashr etiladi. “Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. ⬇️2026-yil 7 (26)-son ✅Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
Жарыяланган 15-апр.
Жарыяланган 14-апр.
#taqdimot ✨Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida oʻtkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida yana bir muhim loyiha jamoatchilik eʼtiboriga havola etildi. Ikki yildan buyon davom etib kelayotgan “Bobolar izidan...” ilmiy-ijodiy ekspeditsiyasi turkiy dunyo boʻylab ilm va ijod sari chorlovchi ulkan maʼnaviy safarga aylandi. Ushbu yoʻl ajdodlarimiz qoldirgan qadim izlarni izlab, tarix sahifalarini varaqlash, unutilgan maʼnaviy boyliklarni qayta kashf etishga xizmat qilmoqda. 🔥Tadbirda olimlar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, ijodkorlar ishtirok etib, ilmiy-ijodiy ekspeditsiya vakillarining yangi nashri bilan bilan tanishishdi. 🔖Taqdimot davomida safar ishtirokchilarining kechinmalari, taassurotlari va ilmiy izlanishlari mujassam etilgan “Bobolar izidan: Oltoyga” hamda “Bobolar izidan: Ozarboyjonga” kitob-albomlari namoyish etildi. 💥Mazkur kitob-albom sahifalarida Oltoy va Ozarboyjon sari uyushtirilgan safarlarning ruhiy manzaralari, tarixiy izlanishlari va samimiy kechinmalari oʻz aksini topgan. Ular orqali tillar yaqinlashib, dillar tutashadi, ellar oʻrtasida doʻstlik va maʼnaviy bogʻliqlik yana-da mustahkamlanadi. ✅ Bu loyiha — oʻtmish va bugunni bogʻlovchi, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi, qalblarda iftixor va ilhom uygʻotuvchi maʼnaviy koʻprikdir. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
Hashtags
Жарыяланган 13-апр.
#chorlov "Bobolar izidan..." loyihasining Oltoy va Ozarboyjon safariga bag‘ishlangan taqdimoti uchun Sizga taklifnoma kelmadi? Xafa bo‘lmang! Agar shaxsan taklifnoma yuborilganida shunchaki ism-familiyangiz yozilgan bo‘lar edi, mana bunaqa universal taklifnomada esa millat oydini deb hurmatlanyapsiz. Xullas, bobomizdan qolgan bog‘ga oralaganday o‘tib borilaveradigan taqdimot bo‘lyapti. Tortinish yo‘q! Bexijolat kelavering. Voqea joyini bilasiz! 🗄Farrux Jabborbek
Hashtags
Жарыяланган 13-апр.
#jurnal #savdo 🔥🔥🔥"Til va adabiyot ta'limi" jurnalining Guljamol Asqarova ijodiga bag‘ishlangan maxsus soni sotuvda! 🤩 Narxi: 45 000 so'm (Toshkent shahri) 60 000 so'm (Respublika bo‘ylab pochta boʻlimlarigacha) Sevimli nashringizni qo‘lga kiritishga shoshiling! Click ilovasi orqali "Til va adabiyot ta’limi" jurnali hisobraqamiga to‘lov qiling, keyin ism-familiyangiz, telefon raqamingiz va chekni MAXSUS BOTga yuboring. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
Жарыяланган 12-апр.
#sana 12-aprel — Murod Muhammad Doʻst tug'ilgan kun. * * * ...Oshno obod maskanda, anvoyi gullar, yashil daraxtlar qurshovida joʻshib nutq soʻzlarkan, bu uning kelishi oldidan tayyorlangan “vaqtinchalik dekoratsiya” ekanini bilmaydi. Yerdagi yorqin lolalar aslida tuvak gul ekanini, u ketgandan soʻng yigʻib olinishini va yana keyingi manzilga ekilishini, minbar ortida yashnab turgan teraklar esa qayerdandir kesib kelib shunchaki qadab qoʻyilganini sezmaydi, chippa-chin ishonadi. Shu sababli ham Yaxshiboyev bu qishloqqa suv kerak deganda “Bulduruqning suvi oʻziga yetarli, nahotki yashnab turgan teraklarni koʻrmagan boʻlsangiz!?” deya jahl qiladi... Murod Muhammad Doʻst, "Lolazor" romani 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram
Hashtags
Жарыяланган 12-апр.
Ijodda erkinlik, did, jur’at uyg‘unlashsa natija qanday bo‘lishini ko‘rsatdi – Murod Muhammad Do‘st kinodramaturgiyasi haqida “Katta odamlar uch xil bo‘ladi, – deydi film qahramonlaridan biri Murodxon aka (Bahodir Yo‘ldoshev) – amali bilan katta odamlar, mol-davlati bilan katta odamlar va o‘zi katta odamlar”. Batafsil:https://oyina.uz/uz/article/3312 Rasmiysahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube