TGINSIGHT CHAT
🇺🇿 SHOXRUX
@shoxrux
БлогдорAdministrator: +998 (99) 871 01 02 @ YouTube http://youtube.com/shoxrux?sub_confirmation=1 @ Instagram http://instagram.com/shoxrux @ Facebook http://facebook.com/shoxrux @ ВКонтакте http://vk.com/shoxrux @ Twitter http://twitter.com/shoxruxoffici
Акыркы жазуулар
1/85 бет · 1,016 жазуу
Жарыяланган 8 күн мурун
Analitika va prognozlar - bu normal holat. Lekin savol tug‘iladi: nega «ayrimlar» milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga eng past prognozlarga urg‘u berib, shu mavzuni internetda yoritmoqda? Ayniqsa hozir, chempionlarimizga ishonch va dalda kerak bo‘lgan paytda. Qolaversa, hech qanday “superkompyuter” kelajakni bilmaydi. Natija maydonda hal bo‘ladi, haqiqiy taqdirni esa faqat Alloh biladi. Milliy terma jamoamizga chin dildan o‘ziga bo‘lgan ishonch, katta g‘alabalar va har bir o‘yinda omad tilayman! Biz sizlarga ishonamiz va sizlar bilan faxrlanamiz! Butun O‘zbekiston sizlar bilan! Butun dunyoni hayratda qoldiring! 🇺🇿 Аналитика и прогнозы - это нормальное явление. Но возникает вопрос: почему «некоторые» вместо того, чтобы поддерживать нашу национальную сборную, делают акцент на самых низких прогнозах и освещают именно эту тему в интернете? Особенно сейчас, когда нашим чемпионам так необходимы вера в себя и поддержка. К тому же никакой “суперкомпьютер” не знает будущего. Итог решается на поле, а истинную судьбу знает только Всевышний. От всей души желаю нашей национальной сборной уверенности в своих силах, больших побед и удачи в каждом матче! Мы верим в вас и гордимся вами! Весь Узбекистан с вами! Удивите весь мир! 🇺🇿 @shoxrux
Жарыяланган 13 күн мурун
Chilonzor tumani xalq deputatlari Kengashining 21-sessiyasi. Sessiya davomida mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlarining tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahalliy budjet ijrosi, murojaatlar bilan ishlash tizimi, xavfsizlikni ta’minlash hamda davlat dasturlarining amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlari tinglandi. Shuningdek, sanoat salohiyatini oshirish, 2026-yil birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar va tumanni yanada rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirilib, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi. 21-я сессия Кенгаша народных депутатов Чиланзарского района. В ходе сессии были заслушаны отчёты руководителей ответственных организаций и ведомств по вопросам социально-экономического развития района, исполнения местного бюджета, работы с обращениями граждан, обеспечения безопасности и реализации государственных программ. Также были обсуждены вопросы повышения промышленного потенциала, итоги работы за первый квартал 2026 года и дальнейшие меры по развитию района. По итогам обсуждений депутаты внесли ряд предложений и рекомендаций, направленных на повышение эффективности проводимой работы и обеспечение интересов населения, а также приняли соответствующие решения по рассмотренным вопросам. @shoxrux
Жарыяланган 15 күн мурун
“Muhandis” - endi barcha musiqiy platformalarda 🚀 Bu trek oddiy qo‘shiq emas. Bu - ilm, g‘oya, harakat va kelajak haqida. Bugungi yoshlar ertangi tarixni qurayotganini eslatadigan motivatsion madhiyadir 🔥 Ajdodlarimiz izidan borib, yangi davrni birga quramiz. Muhandislar, kreativ yoshlar, startupchilar va orzusi katta bo‘lganlar uchun. Eshitib baho bering 🎧 @shoxrux
Жарыяланган 16 күн мурун
☝️ @shoxrux
Жарыяланган 20 күн мурун
AI bilan ishlash oson ko‘rinar ekan, lekin bu videoga butun bir kunim ketdi 😅 Qiziq tajriba bo‘ldi )) Работа с AI кажется лёгкой только со стороны, но на это видео у меня ушёл целый день 😄 Зато это был очень интересный опыт )) @shoxrux
Жарыяланган 22 күн мурун
Music: Shoxrux - O’ynaydi @shoxrux
Жарыяланган 25 күн мурун
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimizni chuqur hurmat bilan yod etamiz. Ularning matonati va fidoyiligi hech qachon unutilmaydi. Посвящается памяти наших предков, которые с честью и мужеством прошли через годы Второй мировой войны. Их подвиг навсегда останется символом силы, отваги и любви к Родине. Music: Shoxrux - Shukrona #9may#9мая @shoxrux
Жарыяланган 26 күн мурун
Ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlanadi. Ularning jasorati qalblarimizda abadiy yashaydi. Посвящается нашим предкам, проявившим героизм в годы Второй мировой войны. Их мужество навсегда останется в наших сердцах. Music: Shoxrux - Shukrona #9may#9мая @shoxrux
Жарыяланган 27-апр.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Chilonzor tumani prokuraturasi, ichki ishlar organlari, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman g‘aznachiligi tomonidan tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot va hisobotlar taqdim etildi va ko‘rib chiqildi. Xususan, tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Hisobotlar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Komissiya qarori bilan mazkur hisobotlar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. Komissiya raisi Shodmonov Shohrux O’ktamovich. Состоялось очередное заседание постоянной комиссии по вопросам противодействия коррупции и обеспечения безопасности. В ходе заседания были рассмотрены информация и отчёты, представленные прокуратурой Чиланзарского района, органами внутренних дел, управлением по чрезвычайным ситуациям, а также районным казначейством, о проводимой работе в сфере противодействия коррупции, профилактики правонарушений и обеспечения общественной безопасности. В частности, был всесторонне проанализирован ход исполнения поставленных задач, реализованные меры, а также имеющиеся проблемные вопросы. По итогам рассмотрения отчётов депутатами были высказаны предложения и замечания. Решением комиссии данные отчёты включены в повестку дня следующей сессии районного Кенгаша. Председатель комиссии Шодмонов Шохрух Уктамович. @shoxrux
Жарыяланган 24-фев.
Chilonzor tumani bo‘yicha kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash yuzasidan 2025 yil yakunlari hamda 2026 yil vazifalari to‘g‘risidagi hisoboti. - 1 738 ta oila kambag‘allik reyestridan chiqarildi - 1 660 nafar fuqaro daromad manbai bilan ta’minlandi - 3 250 nafar fuqaro ishga joylashtirildi - 775 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi - 980 nafar ishsiz kasbga o‘qitildi - 2 200 ta mikroloyiha orqali 5 200 ta ish o‘rni yaratildi - 640 nafar fuqaroga 4,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratildi Natijada kambag‘allik 0,6 %, ishsizlik esa 3,5 % gacha kamaydi. Muhokama yakunida deputatlar ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli choralar va tavsiyalarni belgiladilar. O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Shodmonov Shohrux O’ktamovich. Отчёт о работе по сокращению бедности и обеспечению занятости по итогам 2025 года и задачам на 2026 год по Чиланзарскому району. - 1 738 семей выведены из реестра бедности - 1 660 граждан обеспечены источником дохода - 3 250 человек трудоустроены - 775 граждан стали самозанятыми - 980 безработных прошли профессиональное обучение - 2 200 микропроектов создали 5 200 рабочих мест - 640 граждан получили льготные кредиты на 4,2 млрд сумов В результате уровень бедности снижен до 0,6%, безработицы до 3,5%. По итогам обсуждения депутаты определили меры и дали рекомендации по дальнейшему усилению работы. Руководитель депутатской группы O‘zLiDeP Шодмонов Шохрух Уктамович @shoxrux
Жарыяланган 21-фев.
Chilonzor tumani xalq deputatlari Kengashining 18-sessiyasida deputatlar tumanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tingladilar. Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligi, byudjet ijrosi va mablag‘lardan oqilona foydalanish, hududlarni obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash hamda infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, aholi hayot sifatini oshirish, xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda tumanning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan 2026-yil rejalari tasdiqlandi. Ishlar har bir fuqaro manfaatlari yo‘lida davom etmoqda. На 18-й сессии Кенгаша народных депутатов Чиланзарского района депутаты заслушали отчёты ответственных ведомств и руководителей служб по ключевым направлениям развития района. Рассмотрены вопросы обеспечения безопасности в махаллях и профилактики правонарушений, эффективности системы работы с обращениями граждан, исполнения бюджета и рационального использования средств, благоустройства территорий, ремонта дорог и развития инфраструктуры. По итогам обсуждений приняты соответствующие решения и утверждены планы работ на 2026 год, направленные на повышение качества жизни населения, создание безопасной и комфортной среды, а также устойчивое развитие района. Работа продолжается в интересах каждого жителя. @shoxrux
Жарыяланган 20-фев.
Chilonzor tumani Xalq deputatlari Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tuman prokuraturasining jinoyatchilikni oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti o‘rganib chiqildi. Muhokama yakuniga ko‘ra, ushbu axborotni Chilonzor tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Komissiya raisi Shodmonov Sh.U Комиссией по вопросам противодействия коррупции и обеспечения безопасности Кенгаша народных депутатов Чиланзарского района изучен информационный отчет прокуратуры района о проделанной работе по предупреждению преступности, укреплению законности и обеспечению общественной безопасности. По итогам обсуждения принято решение внести данный отчет на рассмотрение очередной сессии Кенгаша народных депутатов Чиланзарского района. Председатель комиссии Шодмонов Ш.У @shoxrux