TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Aslanov's Lessons
Aslanov's Lessons avatar

TGINSIGHT POST

Post #13593

@Aslanovs_Lessons

Aslanov's Lessons

Visiones8,830Numerus visionum
EditumMay 2905/29/2023, 10:27 AM
Contentum scripti

Contentum

Bilasiz kanalimga o'quvchilarim erishgan natijalarni doimiy tarzda yuklab kelaman. Bu narsa orangizda kimgadur motivatsiya bo'ladi va kimdur o'zi (yoki o'quvchilari) shu natijalarga erisha olmagani uchun salbiy izohlar qoldirishiga sabab bo'ladi. Meni shu darajaga erishishimga asosiy omillardan biri bu HAVAS bo'lgan. Doim ustozlikdan charchaganimda, o'quvchilarim yuqori natijalarga erisha olmaganida butun O'zbekiston bo'ylab o'quvchilarining ajoyib natijalari bilan tanilgan o'quv markazlarining ijtimoiy tarmoq sahifalarini ko'rib chiqardim. Uyerdagi 7+, B1, B2 va C1 natijalarni ko'rib havas qilardim va o'zimga kuch olardim. Meni o'quvchilarim ham ALBATTA shu o'quv markazlaridagi o'quvchilardek yuqori natijalarni egallaydi deb o'zimga o'zim va'da bergandim. Alhamdulillah! Yillar o'tib shu darajaga O'ZI yetkazdi. Endi men kanalimga yuklayotgan o'quvchilarim natijalari menga o'xshagan yuzlab ustozlarga va motivatsiya izlab yurgan yoshlarga motivatsiya bo'lib xizmat qilsa bundan faqat va faqat quvonaman.