Contentum
O'quvchilarimni IELTS imtihoniga tayyorlashni boshlashim bilan Listening Moduleni boshlaganimizda Listening Part 1 dan boshlab ularni sekin-asta MCQs bilan ishlashga, kuchli comprehensionga ega bo'lishlari ustida ishlayman. Buning uchun ikkita samarali usullarni ishlataman. 1️⃣ Gap-fill savollarining o'zidan boshlab to'liq ma'lumotni ''yulib olish''ni o'rgataman. Bunda o'quvchilarim shunchaki answer-oriented listening ishlamay, butun trackni maksimal tushunishlari kerakligiga qayta-qayta urg'u beraman. Ya'ni, shunchaki 10 ta savolga diqqatni qaratib faqatgina hearing yaxshilamasdan, to'g'ri javoblar atrofida ham nimalar deyilganiga e'tibor qaratishlarini so'rayman. Misol uchun Cambridge 18 Test 1 dagi Reason for trip: shopping and visit to the 3 ........................... savolini olaylik. Transcript: ... Man: Ha ha. And what was the reason for your trip today? I can see you've got some shopping with you. Sadie: Yes. I did some shopping but the main reason I came here was to go to the dentist. Man: That's not much fun. Hope it was nothing serious. Sadie: No, it was just a check-up. It's fine. Darsimda hamma o'quvchilarim bu yerda dentist to'g'ri javobligini eshitib yozadi. Lekin keyin 'Did she have any serious problems with her teeth?' degan follow-up savolni ham o'rtaga tashlayman. Bu esa listening payti yana ham ko'proq ma'lumot olishdimi yo'qmi shuni tekshirish uchun. No, it was just a check-up deyishsa demak hammasi so'ralganidek deb davom etamiz. Demak, birinchi usul - faqatgina javobni o'zini topishim kerak deb emas, butun trackdagi ma'lumotlarni ''sug'urib olishim kerak' degan kayfiyatda bo'lish! Agar sizda bu narsa hali yaxshi rivojlanmagan bo'lsa albatta gap-fill savollaridan buni practice qilishni boshlang. Ikkinchi usulni keyinroq gaplashamiz.