TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Aslanov's Lessons
Aslanov's Lessons avatar

TGINSIGHT POST

Post #15114

@Aslanovs_Lessons

Aslanov's Lessons

Visiones6,690Numerus visionum
EditumNov 611/06/2023, 05:28 PM
Contentum scripti

Contentum

Demak bu texnika qanday ishlaydi? Bu texnika juda oson tizim orqali ishlaydi. Juda ko'pchiligimiz o'z oldimizga katta maqsadlar, ulkan rejalar qo'yamiz lekin afsus ular aksariyat hollarda bizga qiyinlik qilib ularni oxirgacha yakunlamasdan tashlab qo'yamiz. Bunga asosiy sabab biz bir urinishdayoq hammasini tugatishni xohlaymiz. Misol uchun bir o'tirishda qandaydur kitobni to'liq o'qib tugataman deymiz va xokazo. Pomodoro Texnikasi shularni inobatga olgan holda biror bir ishni qismlarga bo'lib bajarishingizni talab qiladi. Unga ko'ra siz: 1️⃣ 25 daqiqalik taymer (timer) qo'yib xech narsaga chalg'imasdan o'z ishingizni bajarishga to'liq kirishishingiz kerak; 2️⃣ 25 daqiqa o'tgandan keyin 5 daqiqalik tanaffus (tanaffusda o'rningizdan turib yurish, suv ichib olish, biroz aylanib kelish misol uchun) olib olishingiz kerak; 3️⃣ 5 daqiqa tanaffus tugagach yana 25 daqiqalik taymer (timer) qo'yib qayerda to'xtagan bo'lsangiz usha ishni (boshqa xech qanday omilga chalg'imagan holda) yana davom ettirishingiz kerak. Shu zaylda 4 marta davom etasiz ya'ni 1️⃣ 25 daqiqa ish, 5 daqiqa tanaffus ✅ 2️⃣ 25 daqiqa ish, 5 daqiqa tanaffus ✅ 3️⃣ 25 daqiqa ish, 5 daqiqa tanaffus ✅ 4️⃣ 25 daqiqa ish, 5 daqiqa tanaffus ✅ Nega aynan 25 daqiqa? 25 daqiqa qilib belgilanganining asosiy sababi 25 daqiqa tez o'tganligi sabab bu texnika sizni bezdirmaydi. Soatlab tanaffussiz ishlash samaradorlikni ancha tushirib yuborishi mumkin. Lekin agar qism qism qilib biror ishni bajarsak bu jarayon anchalik qizg'in va zerikish ehtimoli kamroq bo'ladi. Taymer (timer) uchun o'z telefonimizdan foydalansak bo'ladimi? Ha, bo'ladi. Lekin bu texnikaga mos tushadigan bir ajoyib dastur - Brain Focus dasturi bor. Quyida Android telefonlariga mo'ljallangan yuklab, o'rnatib olsa bo'ladigan shaklini topishingiz mumkin. ✍🏻@Aslanovsblog