TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Contentum scripti
Contentum
Men qachon kursingizni tugatib tayyor bo'laman? Yuqoridagi savol juda ko'plab yangi kelgan o'quvchilarim tomonidan beriladi va ularning hammasiga bir xil javobni beraman. Ya'ni 'kursni men boshlayman, sizlar tugatasizlar.' So'ngra doskaga gorizontal va vertikal yo'nalishlardagi ikkita alohida to'g'ri chiziqlar chizaman (yuqoridagidek ko'rinishda). Gorizontal to'g'ri chiziq bu kursning umumiy davomiyligi va vertikal to'g'ri chiziq esa sizning kurs davomidagi harakatingiz deyman. Agar siz qanchalik ko'p harakat qilib o'z ustingizda tinmay, soatlab ishlasangiz, kursning davomiyligi kamayib tezroq tayyor bo'lishingiz mumkin yoki aksincha... ✍🏻@Aslanovsblog