TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Aslanov's Lessons
Aslanov's Lessons avatar

TGINSIGHT POST

Post #15486

@Aslanovs_Lessons

Aslanov's Lessons

Visiones8,010Numerus visionum
EditumNov 2311/23/2023, 12:45 PM
Contentum scripti

Contentum

Hayotda har narsa bilan shug'ullanib ko'rib o'z o'rnini topa olmayotganlar bormi oramizda? Agar shundaylar bo'lsa xech ham tushkunlikka tushmang. Bu tabiiy xol, ishoning! Shaxsan o'zim 'daraxt bir joyda ko'karadi' degan gapga unchalik qo'shilmayman. Keling shu daraxt bir necha bor joyini almashtirsin ko'karishga mos joy topguncha. O'zim ham o'qituvchilikka borimni berishdan oldin (ya'ni ko'karishimdan avval) quyidagi ishlarni qilganman: 1. « Chilonzor buyum savdo kompleksi » (Ippodrom bozori) da - kiyim kechak sotuvchisi; 2. « Metal Tools » narvon ishlab chiqaruvchi zavodida - oddiy ishchi; 3. « Magnit » supermarketida - qorovul; 4. « Green World » sharbat tayyorlash zavodida - oddiy ishchi; 5. « Alutex » plastik va alyuminiy romlar ishlab chiqaruvchi zavodda - oddiy ishchi; 6. « Yangiobod » bozorida - xarbiylar kiyimlari sotuvchisi. 7. Davomi bor hali bu listni... Ba'zan qarindoshlarim, qo'shnilarim bolasidan shikoyat qilishni boshlab qoladi. Bu bola bir joyda ishlay olmayapti, qachon qarasa har narsa qilgani qilgan deb. Usha payt ularga qo'yaveringlar, o'zini yo'lini topguncha mayli bir ikki o'zgarishlar qilib turaversin deyman. Nasib ishlari iziga tushib ketadi deyman. Shu gaplarimdan keyin biroz taskin topishadi chunki o'zimni ham ancha qiynalganimni ozmi ko'pmi bilishadida. Xulosa o'rnida shuni aytamanki o'z yo'lingizga tushib olish uchun harakat qilyapsizmi? Unda faqat omad! Birovni sizni tushkunlikka tushishga majburlaydigan gaplariga aslo quloq solmang. Hamma o'zini imkoniyatidan kelib chiqib sizga bu ishni qila olmaysan deydi. Doim yodda saqlang siz ulardaka kuchsiz emassiz, siz bu sizsiz! Ishoning agar men ham shunaqa gaplarga quloq solgan bo'lganimda bu yergacha kelmagan bo'lardim, siz esa hozir meni postlarimni o'qiyotgan bo'lmas edingiz. P.S. Bu mavzuga yana qaytamiz nasib. ✍🏻@Aslanovsblog