TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Contentum scripti
Contentum
Kurs tanlashda nimaga e'tibor berish kerak? Biror o'quv markaz yoki ustoz tanlayotganingizda 'ko'z' ko'proq ishlasin 'quloq' emas. Ko'z deb o'sha joyni natijalariga, yutuqlariga, ustozni kimligi, tajribasi shunga o'xshash narsalarga e'tibor qaratishingizni nazarda tutyapman. Quloq deganda sizni qulog'ingizga yoqimli eshitilgan hamma narsa ham aslida unday emas demoqchiman. Afsuski bizda unday emas. 2 yilda 100 dan ziyod o'quvchiga IELTS imtihonidan 7.0+ bal olishiga yordam bergan mani 'IELTS dan necha bal olishingiz faqat va faqat harakatingizga bog'liq' degan gapimdan, shu natijani o'ndan biriga ham erishmagan kimningdur '3 oy bizda o'qisangiz kamida 7.0 bal olasiz' degan gapi ta'sirliroq. Xullas, ko'zlar ochilsin! ✍🏻@Aslanovsblog