Contentum
Listening Tip ✅ Listening qilayotganda diqqat (focus) ni bir joyda ushlash uchun Listening payti tahminiy nechta to'g'ri javob topayotganingizni hisoblab chiqmaganiz yaxshiroq. Ya'ni bir part tugaganda 10 tadan paloncha topdim manimcha... Yana paloncha to'g'ri javob topsam palon bal chiqadi... deb. Bor diqqat / focus ni trackga qarating. Aks holda, to'g'ri javoblarni o'tkazib yuborishingiz mumkin. Listening Tip✅ Listening dan overall 9.0 bal olishni / 40 tadan 40 (39) ta to'g'ri topishni xohlasangiz eng birinchi Part 1 da spelling savollari bormi yo'qmi shunga e'tibor qarating. Chunki unday savollar asosan challenging bo'lishi mumkin. Shuning uchun unday savollarga ikki barobar diqqatingizni qarating. Shunda birinchi Part da maksimal to'g'ri topasiz nasib. Listening & Reading Tip✅ Hech qachon ma'lum bir savol turlariga nisbatan sizda qo'rquv bo'lmasin. Ko'plarda shu narsa uchraydi. Misol uchun ba'zilar Multiple Choice savollarini qayerda ko'rsa ham bo'ldi endi tamomman, aniq hammasi xato chiqadi endi... shunga o'xshash gaplar bilan o'ziga o'zi blok qo'yadi. Bu yaxshi emas! Siz biror testda shu savol turlarida xato ishlagan bo'lsangiz, bu degani hamma testda shunday bo'ladi degani emas. Doim o'zingizni qo'lga olib, testlarga ijobiy qarang. Ayniqsa imtihon kuningizda. Channel:@Aslanovs_Lessons