TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Aslanov's Lessons
Aslanov's Lessons avatar

TGINSIGHT POST

Post #16760

@Aslanovs_Lessons

Aslanov's Lessons

Visiones57,800Numerus visionum
EditumOct 810/08/2024, 06:00 PM
Contentum scripti

Contentum

Sir! Dars berishni boshlaganimda, birinchi maktab bolalariga uylariga borib dars o'tardim. Dars beradigan o'quvchilarimni otasi poytaxtdagi katta supermarketlardan birini xo'jayinlaridan edilar. U kishini boyligi, sharoitini va manga bo'lgan munosabatini ko'rib qoyil qolganman. Katta miqdorda puldan tashqari, darsim tugagandan keyin mashinalarida uyimga tashlab qo'yardilar. Qo'yavering, yetib olaman, ishdan charchab kelgansiz desam ham yo'q deb oyoq tirab olardilar. Keyin tushunganman - katta ehtimol bilan muvaffaqiyatlarining bir siri ahli ilmlarni xurmat qilganliklaridan ekanligini. 📱@mraslanov