TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Conor's Blogs avatar

TGINSIGHT CHAT

Conor's Blogs

@Conordevs_Blogs

Scripta

- Dilshod Toxirov's Blog ( Conordev ) 🤖AI Engineer 📊Data Analyst / Scientist 🐍Python developer 🎓PDPU Student 2/4 - My Portfolio: @DataFolio Talab va takliflar uchun: @Dilshod_Toxirov_adminbot

Subscriptores92Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita288Scripta numerata
Attingentia recens1,204Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 4 de 24 · 288 scripta

Editum Jul 24

- Bu savolga shunchaki o'zingizni fikringizni yozishingiz mumkin! - Keyinroq AI ga nisbatan o'zimni fikrlarimni yozib o'taman!

85 views

Editum Jul 24

83 views

Editum Jul 18

- Shaxsiy recordni yangilash qaysidir manoda oson, lekin aynan 100 WPM bilan 100 % aniqlik bilan yozish qiyin!🗿... - Good Morning, kuningiz hayrli o'tsin, 100 foizlik kayfiyat😉...

104 views

Editum Jul 7

Ruchkaga AI qo‘shib bo‘lmaydi deb kim aydi? Hazil deb o‘ylashingiz mumkin, lekin allaqachon siz yozgan yozuv yoki chizmalarni AI orqali tahlil qilib smartfon yoki kompyuteringizga uzatadigan ruchka allaqachon ishlab chiqilgan. Sun'iy intellekt bizda ham hazildan jiddiyatga o‘tyapti. Agarda biznes jarayonlarda to‘g‘ri qo‘llanilsa bemalol ishlab chiqarish, ta'lim, tibbiyot yoki logistikada katta natijalarga erishish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqish mumkin bo'ladi. O‘zbekistondagi qaysi muammoga AI yordam bera oladi deb o‘ylaysiz? 💻@muratovuz

135 views

Editum Jul 4

- ‼️Render serveri Webhook texnalogiyasi bo'yicha ishlayotgani uchun ma'lum vaqt bot ishlatmasangiz va qayta ishlatishni boshlaganingizda birinchi xabar biroz kechikishi mumkin, bu normal holat! - Hozir serverga qayta deploy qilingani uchun, bot chatini o'chirib…

110 views

Editum Jun 26

Siri endi kerak emas. ElevenLabs inson kabi gapiradigan va Perplexity hamda ko‘plab MCP-asboblari bilan ishlaydigan AI yordamchisini yaratdi. * Uning asosida Eleven V3 modeli yotadi, u bir soniyada ovoz yaratadi, pauza va intonatsiyalarni tushunadi. * Perplexity qidiruv tizimi, shuningdek, Slack, Notion va boshqalarni qo‘llab-quvvatlash funksiyalari o‘rnatilgan. * O‘zingizga moslab sozlash mumkin – 5000 ta ovozdan tanlash, o‘zingizning assistentingizni yaratishingiz mumkin. @Texnoplov ⚡️

92 views

Editum Jun 22

🤖 AlexNet: butun AI tarixini o'zgartirganmodel Avvalgi postlarimdan birida ResNet haqida gaplashgandik: bu neyron tarmoqlarni chuqurroq qilishga yordam beradigan usul edi. Bugun esa AI tarixida Computer Vision (CV) yo'nalishida revolyutsiya qilgan model haqida gaplashamiz, ya'ni AlexNet haqida. Hozir hamma AI modellar aksariyati neyron tarmoqlariga asoslangan arxitekturalar ustiga qurilgan. Ko'proq ma'lumot bersangiz, kuchliroq ishlaydi. Lekin, 1990-2010 yillar orasida neyron tarmoqlari boshqa Machine Learning (ML) algoritmlaridan yaxshiroq emas edi 🤧, masalan kernel regression, SVM, AdaBoost, va hokazo. Xususan, CV uchun olimlar ko'pincha qo'lda features tayyorlashar edi: SIFT, SURF, HoG va shunga o'xshash. Feature'larni to'g'ridan to'g'ri avtomatik ravishda ma'lumotdan o'rganish g'oyasi uncha tadqiqotchilar jamiyati orasida keng tarqalmagan edi. 2011-yilda Geoffrey Hinton (menimcha kimligini yaxshi bilsangiz kerak) o'z hamkasblariga shunday murojat bilan chiqdi: "Sizlarni neyron tarmoqlari kelajak ekaniga ishontirishim uchun nima qilishim kerak". Shunda uning tanishlaridan biri ImageNet deb nomlangan rasmlar to'plamini tavsiya qiladi. 📸ImageNet Stanford Professori Fei-Fei Li boshchiligida 2007-yildan boshlab 14 mln'dan ortiq rasm yig'ib kelar edi, va 22 mingta kategoriyalarga tartiblagan, va bu dataset neyron tarmoqga asoslangan CV modellarni o'rgatishga juda zo'r massiv dataset bo'lgan. Ilya Sutskever (OpenAI asoschilaridan biri) va Alex Krijevskiy (AlexNet'ning muallifi) Geoffrey Hinton qo'l ostida PhD studentlar bo'lib o'qishar edi. Krijevskiy kichik modellarni CIFAR-10 dataset'ida o'qitish uchun cuda-convnet kutubhonasini yozgan edi. Sutskever Alex'ning GPU programming bo'yicha kuchliligini bilib, uni ImageNet yourdamida kattaroq model o'qitishga ishontiradi. Shunday qilib, Krijevskiy ko'p GPU mashg'ulotlari uchun `cuda-convnet`-ni kengaytiradi. AlexNet 2 ta Nvidia GTX 580 da o'zining ota-onasining uyidagi yotoqxonasida o'qitilgan. 2012 yil davomida Krijevskiy tarmoqda giperparametrlarni optimallashtirishni amalga oshiradi, va u o'sha yilning oxirida ImageNet tanlovida g'olib chiqadi. Hinton shunday izoh beradi: "Ilya biz buni qilishimiz kerak deb o'yladi, Alex buni amalga oshirdi va men Nobel mukofotini oldim".😊 2012-yilda CV bo'yicha ECCV konferentsiyasida AlexNet g'alabasidan so'ng tadqiqotchi Yann LeKun modelni “bu CV tarixidagi aniq burilish nuqtasi” deb ta'riflaydi.🤩 AlexNetning 2012-yildagi muvaffaqiyati oldingi o'n yil ichida yetuk bo'lgan uchta narsani birlashgani bilan amalga oshdi: 1. Katta miqyosdagi ma'lumotlar to'plamlari 2. Umumiy maqsadli GPU hisoblashlari (GPGPU), ya'ni Nvidia CUDA tehnologiyasi. 3. Chuqur neyron tarmoqlar uchun takomillashtirilgan o'qitish usullari. O'n yildan ko'proq vaqt o'tgach, uning ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, Fei-Fei Li 2024-yildagi intervyusida shunday deydi: "O'sha lahza sun'iy intellekt dunyosi uchun juda ramziy edi, chunki zamonaviy AI'ning uchta asosiy elementi birinchi marta birlashgan". 🥳 @kilich_bek_blog

114 views

Editum Jun 19

🧠 MIT Tadqiqoti: ChatGPT miyamizni zaiflashtiryaptimi? Kuni kecha bizning ilmiy rahbarimiz bir maqolani biz bilan ulashib qoldi: Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) olimlari tomonidan o'tkazilgan so'nggi tadqiqot sun'iy intellekt vositalarining inson miyasi faoliyatiga ta'siri borasida jiddiy xavotir uyg'otdi. 4 oy davom etgan eksperiment natijalari ChatGPT kabi AI vositalarining inson kognitiv salohiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmoqda. Tadqiqotda ishtirok etganlar orasida 83.3% foydalanuvchi o'zlari bir necha daqiqa oldin yozgan matndan bir parcha keltira olmadilar: "Yozdimmi? Nimani yozdim o'zi?" 🤔 Ya'ni, siz ChatGPT bilan birga maqola yozasiz, tugmasini bosasiz, va miyangiz: "Rahmat, o'ylashimga hojat qolmadi." deb dam olishga o'tadi. MIT tadqiqotchilari bu holatni "kognitiv qarz" deb atashmoqda, ya'ni inson miyasi sun'iy intellektga haddan tashqari tayangani uchun mustaqil ishlash qobiliyatini yo'qotmoqda. EEG qurilmalari orqali o'lchangan miya faoliyati shuni ko'rsatdiki, foydalanuvchilarning neyron aloqalari 79 tadan 42 taga qisqargan — bu 47% kamayish degani. Tadqiqotchilar bu holatni quyidagicha izohlaydi: "Agar sizning kompyuteringiz ishlov berish kuchining yarmidan ayrilsa, siz uni buzilgan deb hisoblaysiz. Xuddi shunday narsa hozir inson miyasida ro'y bermoqda." Nafaqat EEG sensorlar, balki o'qituvchilar ham farqni sezmoqda: O'qituvchilar AI bilan yozilgan matnlarni darrov tanimaydi ekan, lekin qandaydir his qilishar ekan. Ularning ta'riflari quyidagicha: - “Mukammal til, lekin jon yo'q.” - “Shakl bor, mazmun yo'q.” - “Hamma narsa joyida, lekin shaxsiy fikr yo'q.” Shu bilan birga, ChatGPT foydalanuvchilari AI'siz yozishga majbur bo'lganda, ular AI'dan umuman foydalanmaganlardan yomonroq natija ko'rsatgan. Ha, ChatGPT sizning ishingizni 60 % tezlashtirishi mumkin. Ammo tadqiqotchilar ogohlantirmoqda: bu vosita o'rganish uchun zarur bo'lgan kognitiv yuklama (germane cognitive load) ni 32% ga kamaytiradi. Tadqiqot mualliflari bu natijalarni "fikrlash mushaklarining atrofiyasi" deb atamoqda. Inson miyasi faol bo'lmasdan qolaversa, u mustaqil fikrlash qobiliyatini yo'qota boshlaydi. Hullas, raxmat qiziqarli maqola uchun 👍. Hammaga hayr. Ketdim ChatGPT'ni ishlatib kelay 😵‍💫 @kilich_bek_blog

91 views

Editum Jun 18

https://youtu.be/FWyiYzgPNi4?si=s5W19Qo9uEz3oAiJ

85 views

Editum Jun 18

https://youtu.be/FWyiYzgPNi4?si=s5W19Qo9uEz3oAiJ

99 views

Editum Jun 10

Eng aql­li sun’iy intellekt modellari qaysilar (IQ Bo‘yicha) Mensa IQ testi reytingga ko‘ra, eng aql­li 10 ta AI modeli aniqlandi. Bu test inson intellekti darajasini aniqlash uchun ishlatiladigan eng murakkab va e’tirof etilgan usullardan biridir - O‘rtacha inson IQ darajasi: 90–110 - 130 dan yuqori IQ esa odatda “daho” deb hisoblanadi Daho darajasidagi AI modellari: 1. OpenAI – o3 model: IQ 135 (Genius darajasi) 2. Claude-4 Sonnet (Anthropic): IQ 127 3. Gemini 2.0 Flash Thinking (Google): IQ 126 🤖AI & Tech

97 views

Editum Jun 6

- Mohirdevdan hayitlik😄🥳...

109 views
123456•••10•••20•••2324