TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Conor's Blogs
Conor's Blogs avatar

TGINSIGHT POST

Post #247

@Conordevs_Blogs

Conor's Blogs

Visiones209Numerus visionum
EditumDec 212/02/2024, 12:17 PM
Contentum scripti

Contentum

- Ma'lumot va Axborot nima va ularning farqlari nimada? - Ma'lumot - Inson tana azolari bilan qabul qilinayotgan har qanday narsa ma'lumotdir. Misol uchun, hozir ko'zingiz bilan o'qiyotgan xabaringiz, qulog'ingizdan kirayotgan tovushlar miyyaga ma'lumot sifatida yetib boradi . Ma'lumot qayta ishlanmagan, unchalik ahamyati yo'q va xotiradan tez chiqadigan raqamlar, belgilar, factlar yig'indisi va foydalanishga tayyor emas. - Axborot - esa bu ma'lumotni qayta ishlangani, ya'ni u kerakli, saralangan, tizimlashtirilgan va foydalanish uchun tayyor. Oddiy qilib aytganda, ma'lumotlarni tahlil qilish natijasida axborot yuzaga keladi. - Masalan: - Kitob o'qiganingizda olingan factlar ma'lumot, undan chiqarilgan xulosa esa axborot. * Malumot: - Dilshod - Dasturchi - Namanganlik - PDP da o'qiydi. * Axborot: - Mening ismim Dilshod dasturchiman, namanganda tug'ilganman, va hozirda PDP universityda o'qiyman. Xulosa: yuqoridagi misolda, ma'lumot tushunarsiz, tahlil qilinmagan, oddiy factlar yig'indisi. Axborot esa, shu factlar asosida xulosa chiqarilgan, tushunishga oson, ma'lumotni qayta ishlangan natijasi. - Menimcha ma'lumot va axborot nima ekanligi va ularning orasidagi farqlar tushunarli bo'ldi. - Agar tushunmagan bo'lsangiz, yoki qo'shimcha savollaringiz bo'lsa izohlar qismida qoldirishingiz mumkin 👇 @Conordevs_Blogs