TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Conor's Blogs
Conor's Blogs avatar

TGINSIGHT POST

Post #260

@Conordevs_Blogs

Conor's Blogs

Visiones144Numerus visionum
EditumFeb 502/05/2025, 01:42 PM
Contentum scripti

Contentum

- Python dasturlash tilida bir nechta xatolar turlari mavjud, keling ularni birma - bir ko'rib chiqib, code yozib yaxshiroq tushunib olamiz! - Syntax Error - Ya'ni Sintaksis xatolik bo'lib, u pythondagi biror bir belgilarni yozmasdan ketganimizda yuzaga keladi. - Misol uchun: print I'm Conordev Bu yerda qavslar va qo'shtirnoqlar qolib ketganligi uchun xatolik beradi! - To'g'ri yozilishi: print ("I'm Conordev") - Logical Errors - Ya' ni Mantiqiy Xatolik bo'lib, bunda xatolik bermaydi, dasturimiz ishlayveradi, lekin natijasi biz kutgandek bo'lmaydi, bu asosan hisoblashdagi xatolik, matematik formulalar bilan noto'g'ri ishlashda yuzaga keladi! - Misol uchun: a = 5 if a > 3: print("A 3 dan kichik!") - Bu yerda dastur ishlaydi, bu yerdagi xatolik, a 3 dan katta lekin bizga uni kichik deb chiqaradi chunki biz dasturga shunday buyruq berdik! - Exceptions, Runtime Errors - Bunday xatoliklar biz dasturni Run qilganimizdagina ko'rinadi, bu o'zgaruvchi nomi bilan ishlashda, yo'q o'zgaruvchi nomini yozish, yoku noto'gri malumot kiritilganda yuzaga keladi. Keling ularni birma - bir ko'rib chiqamiz! - ZeroDivisionError - Bu biroz bir sonni 0 ga bo'lganimizda chiqadi, chunki 0 ga bo'lish mumkin emas! - Xatolik: print( 10 / 0 ) - NameError - Bu o'zgaruvchi nomini noto'g'ri kiritganimizda yuzaga keladigan xatolik! - Bunday o'zgaruvchi ochmagan bo'lsak: print(Unnamed) - TypeError - Bu dasturda malumit turlari bilan ishlashdagi xatolik, masalan Python va boshqa ko'p dasturlash tillarida "String" bilan Number data typelarni qo'shib bo'lmaydi. print( "10" + 5 ) - IndexError - Bu indeks raqamlarni kiritishda uchraydi, masalan mavjud bo'lmagan index number kiritsak chiqadi! - Masalan: my_list = ( 1,2,3 ) print( my_list[ 5 ] ) - KeyError - Bu asosan lug'atlar bilan ishlashda yuzaga keladigan xatolik turi, ya'ni dictionaryda Key ma'lumoti topilmasligi! - Misol uchun: my_dict = {"name": "Conor"} print(my_dict["age"]) - AttributeError - Bu python methodlarni noto'g'ri ishlatishdan kelib chiqadi. - Masalan: number = 5 print( number.append(3) ) - Bu yerda Append methodi noto'g'ri ishlatilgan, chunku bu method listlarda ishlatilinadi! - ValueError - Bu asosan foydalanuvchidan ma'lumot kiritishda kelib chiqishi mumkin, masalan number kiritilishi kerak bo'lsa, biz string data type kiritsak yuzaga keladi! - Masalan: age = int( "O' n to'qqiz" ) - Buni python int ko'rinishiga o'tkaza olmaydi! - Lekin, agar biz stringda biror bir raqam yozsak, uni python integerga aylantira oladi va shuni chiqarib beradi, bunda hech qanday xatolik bermaydi va endi bu string emas int data typega o'zgaradi! age = int( "19" ) print( age ) - Ushbu yuqorodagilar Python dasturlash tilidagi eng ko'p uchraydigan xatolik turlari edi, o'ylaymanki hammasi tushunarli bo'ldi! - Bu yerdagi men yozgan codelarda ham kichik ( mantiqiy xatolikka o'xshash xatolik mavjud ) e'tiboringizni tekshirish uchun, topgan bo'lsangiz izohlarda yozib keting👇... - Agar qo'shimcha savollaringiz bo'lsa izohlar qismida qoldirishingiz mumkin 👇 @Conordevs_Blogs