Contentum
- Keling endi, "Type Conversion" va "Type Coercion" lar nima ekanini chuqurroq tahlil qilib, code yozib yanada yaxshiroq tushunib olamiz! - Type Conversion - Bu bir ma'lumot turidan ikkinchi ma'lumot turiga methodlar orqali o'zgartirish, ya'ni dasturchini o'zi o'zgartirishi. Deylik "String" data typedan "Number" data typega o'zgartirish. Buni amalga oshirish uchun esa methodlardan foydalaniladi, va methodlar bir necha turga bo'linadi, va hozir ularni birma bir ko'rib chiqamiz! - Number ( ) - Bu String yoki boshqa data typelarni Number ko'rinishiga o'tkazishda foydalaniladi ( Agar o'tkazishni iloji bo'lsa ). - Masalan: let age = "19" ; console. log(Number(age)) ; console. log( typeof age ) ; - Bu yerda "19" Stringdan Number ko'rinishiga o'tyabti, va buni "Typeof" methodidan foydalanib data typeni ko'rsak bizga "String" consolega chiqadi. - Agar o'zgartirishni ilojisi bo'lmasa bizga "NaN" ya'ni "Not a Number" qaytaradi! let age = "Nineteen" ; console. log(Number(age)) ; - Bu yerda age dagi malumotni raqamga o'tkazishni ilojisi yo'qligi sabab, bizga consolega NaN qiymatini chiqarib beradi! - parseInt ( ) - Bu butun songa aylantirib beradi, ( agar o'zgartirishni ilojisi bo'lsa! ) let age = 19. 2 ; console. log(parseInt(age)) ; - parseFloat ( ) - Bu o'nlik son ko'rinishiga keltirib beradi! - String ( ) - Bu esa bizga data typeni String ko'rinishiga o'girib beradi. let age = 19; console. log(String(age)) ; console. log( typeof age ) ; - Boolean ( ) - Bu typeni Boolean ko'rinishiga o'zgartirib beradi. let age = 19 ; console. log( Boolean ( age )) ; - Bu yerda endi natija True chiqadi! - Boolean bo'yicha qo'shimcha ma'lumot kerak bo'lsa izohlarda yozib qoldiring! - Endi Type Coercion nima ekanligini tushinib olamiz. - Type Coercion - Bu data typelar Javascript tomonidan avtomatik tarzda bir typedan ikkinchi typega o'girilishi, va bu Operatorlarga qarab farq qiladi. Buni yaxshiroq tushunish uchun keling bir necha code yozib ko'ramiz. console. log ( "5" + 5 ); - Agar biz " + " qo'shish Operatoridan foydalansak, Number ( 5 ) String ( "5" ) ko'rinishiga o'tadi va bizga, consoleda 55 soni chiqadi va bu String data typeda bo'ladi. - Bu ( + ) qo'shish Arifmetik Operatoridan boshqa hamma holatda String => Number ko'rinishiga o'tadi. console. log ( "10" - 10 ); - Bu yerda "10" Stringdan 10 Numberga o'zgaradi va natija 0 ga teng bo'ladi. console. log ( "10" * 10 ); console. log ( "10" / 10 ); - Bu holatlarda ham Number bo'lib, natijani shu holatda hisoblanadi. - Bu ko'pchilik e'tibor bermaydigan, va ikkilanadigan holatlardan biri edi, va uni hozir tushunib, code yozib ko'rib chiqdik, o'ylaymanki hammasi tushunarli bo'ldi! - Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa izohlar qismida qoldirib ketishingiz mumkin👇 @Conordevs_Blogs