TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Conor's Blogs
Conor's Blogs avatar

TGINSIGHT POST

Post #272

@Conordevs_Blogs

Conor's Blogs

Visiones123Numerus visionum
EditumFeb 2402/24/2025, 06:03 PM
Contentum scripti

Contentum

- Eslasangiz! - Instagram, va shunga o'xshash ijtimoiy tarmoqlarda bemani, keraksiz videolar ko'rish haqida o'z fikrimni aytgan edim, va hozir bir video sabab shuni to'liq yozishga qaror qildim! - Xo'sh! - Sizga bundan oldin "Deep work" kitobidan biroz tushuncha berib ketmoqchiman. Kitobda "Deep work" va "Shallow work", ya'ni biror ishni berilib e'tibor bilan qilish va e'tiborsizlik bilan qilish haqida gap borgan. Shu bilan birga kitobda ijtimoiy tarmoqlarning inson diqqatini jamlashiga ta'siri haqida ham ilmiy dalillar asosida yoritilgan. Unda aytiladiki, "Agar inson Shallow work ya'ni biror ishni davomiy e'tiborsiz qilsa, vaqt o'tib bunga o'rganib qolib, diqqatini jamlashga qiynalishni boshlaydi" . Bunga bir nechta sabablar bor, va bulardan biri ijtimoiy tarmoqlardagi saviyasi past, ya'ni inson fikrlashini talab qilmaydigan qisqa "Shallow" videolardir. Yuqorida aytganimdek, inson miyyasi bu ishga o'rganib qolib, vaqt o'tib bir necha soatlik, hattoki 10 daqiqalik foydali videolar, darsliklar ko'rishga ham toqat qila olmay qoladi, kitob o'qiy desa hayollari boshqa joyga ketib qolib, oldingi sahifada nima deyilganini tushunmay qoladi, ko'zlari so'zlarni o'qiydi, lekin miyyasi buni qabul qila olmaydi. - Bu haqida yozmoqchi bo'lib turgandim, va biroz avval Ustozation tomonidan bir ajoyib, foydali, va hamma ko'rishi kerak bo'lgan videoni ko'rdim. Videodagi gaplar hozirgi kundagi muammolar haqida, va sizga buni ko'rishni tavsiya qilib qolaman, o'ylaymanki sizga bu video manfaatli bo'ladi, Inshaalloh 👇... - RAQAMLI EPIDEMIYA - Umid qilamanki, bundan to'g'ri hulosa chiqarib, hayotingizga tatbiq qilasiz! @Suhbatdoshim🤌