Contentum
- Assalomu aleykum! - O'qishlarim va ishlarim tufayli bu kanalimni yuritishga vaqt topa olmay qoldim ( yana ), kanalga ham anchadan beri post va quiz tashlamay qo'ydim. Bunga bir kichik loyihani ham sabab qilib keltirishim mumkin! - Hozir men anchadan beri o'ylab yurgan bir loyihamni ishlab chiqishni boshlayabman, bugundan to'liq tuzilgan reja asosida ishni boshlayman. - Loyiha haqida biroz spoiler qilib o'tmoqchiman. Bu telegram bot bo'lib hozirgi kundagi junior hamda senior dasturchilar uchun kerakli deb o'ylayman, asosan bilimlarini takrorlash va intervyuga tayyorlanishga yordam beradi. Loyihani hozir boshlab 03.05.2025, 3 - May Shanba kunigacha to'liq tugatib, foydalanishga chiqarishni reja qilyabman, shu sababli siz bilan loyihani qilish jarayonlaridan lavhalar hamda ba'zi kerakli ma'lumotlarni, shu bilan birga loyiha haqida yana ham to'liqroq ma'lumotlarni birma bir berib boraman! - Umid qilamanki loyiham muvaffaqqiyatli yakunlanadi, va bu insonlarga foydasi tegadigan ajoyib dastur bo'ladi, Inshaalloh! - So, good luck tilaymiz manga😃... #My_project @Conordevs_Blogs