TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Conor's Blogs
Conor's Blogs avatar

TGINSIGHT POST

Post #318

@Conordevs_Blogs

Conor's Blogs

Visiones95Numerus visionum
EditumJun 306/03/2025, 08:01 PM
Contentum scripti

Contentum

⚡️AI Elektr Tokini Yeb Tashlayapti Sun'iy intellekt ishlashi uchun unga kuch kerak. Juda ko'p kuch. Va bu kuch — elektrenergiyasi. Prognozlarga ko'ra, 2030-yilga kelib AQSH faqat AI ehtiyoji uchun yana 100 Gigavatt quvvatga muhtoj bo'ladi. Bu deyarli 100 ta yirik elektr stansiya qurish kerak degani. Hozirda ba'zi kompaniyalar hattoki 10-gigavattlik server fermalari haqida o'ylamoqda: bu bir nechta atom elektr stansiyasining umumiy quvvatiga teng. 🌊 Yaxshi, elektr yetmayapti deylik. Lekin bu yetarli emas-da. AI hali suvni ham so'rib olyapti. Ha, suv! Asosan serverlarni sovitish uchun. Dunyodagi ma'lumot markazlari yiliga 1.2 trillion litr suv ishlatadi deyishmoqda va bu suvlarning 80% sovitish jarayonida bug' bo'lib havoga uchib ketadi. Bu bosim elektr tarmoqlariga, atrof-muhitga, va ekologiyaga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Ayniqsa, qurg'oqchilikdan aziyat chekayotgan hududlarda bu holat juda jiddiy. Endi savol: Qayerdan quvvat olamiz unda? 🌞Quyosh? Google va Meta Texasda quyosh fermalarini ishga solmoqda. Zo'r… faqat quyosh chiqqan kunlar uchungina 😶‍🌫️ 🚀Kosmik yechim? Bir startup fazoda quyoshli server qurmoqchi ... bulutlardan ham yuqoriroqda. Hali orbitaga chiqmadi, lekin reja bor! 😵‍💫 🔋Batareyalar? xAI kompaniyasi Tesla batareyalari bilan 24/7 ishlaydigan tizim yaratmoqda. Ammo litiyni qazish bo'yicha yana bir global muammo tug'iladi. 🤔 ☢️Atomchi? Eng real variant — atom energiyasi. Amazon, Meta, Microsoft innovatsion atom reaktorlar startaplari uchun sarmoya qilmoqda. Lekin... "Agar nimadir portlasa-chi?" degan savol ham ko'ngilni g'ash qiladi. Chernobil 2.0 kerak emas, to'g'rimi? 🎮 @kilich_bek_blog