TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Conor's Blogs
Conor's Blogs avatar

TGINSIGHT POST

Post #339

@Conordevs_Blogs

Conor's Blogs

Visiones116Numerus visionum
EditumJul 2507/25/2025, 12:55 AM
Contentum scripti

Contentum

- AI bizni ishsiz qoldiradimi! - Bu mavzuda ko'p expertlar gapirishgan, va shu qatori o'zimni ham ba'zi fikrlarimni yozib o'tmoqchiman! - Yo'q AI bizni ishsiz qoldirmaydi, aksincha bizni ishimizni yengillashtirib yangi darajaga olib chiqadi! Sun'iy intellect odamlarni baxtsiz qilish uchun emas, balki baxtliroq qilish uchun ishlab chiqariladi. To'g'ri ba'zi kasblar o'rnini bosishi ham mumkin, lekin bu ishsiz qoldiradi degani emas, chunki "taksistlik", "kasserlik" bu kasb emas! - Bu gapim bilan nima demoqchiman? AI oladigan "ishlar" bular insonlarga unchalik ahamyati yo'q bo'lganlaridir, yani bu "taksistlik", savdo majmualaridagi "kasserlik" va bu ishda ishlayitganlar, kelajakda boshqa ish qidirishga harakat qilganlari maqul! - Endi Front - end sohasiga kelsak. Haa hozir V0, Gemini, Juleas, Grok... vahokaza, vahokazo modellar bor, va ular yordamida oddiygina prompt yozish orqali butunboshli web siteni nafaqat design qizmi balki ichki Back - end qismlarini ham qurish mumkin, va bu atiga bir necha daqiqani oladi holos! Shunday holatda Front - end sohasi kerak emasmi, Front-endchilarga ish bo'ladimi, AI ishni olib qo'ymaydimi? - Yo'q, asli aytganimdek AI ishni olib qo'ymaydi uni yangi bosqichga olib chiqadi. Bunday keyingi deyarli barcha kasblar AI bilan integratsiya qilishni boshlayda, shu bilan birga Front - end sohasi ham. Endi keling, nima uchin bu soha yoqolib ketmaydi! - AI modellar hech qachon 100% lik aniqlikka erisha olmaydi, ( hozircha ), juda aniq bo'lsa ham baribir kamchilik topiladi, shu aytayotganimiz V0 ham kamchilik qoldiradi unda Front - end qismni yozdirsangiz baribir kamchilik chiqadi, buni kim to'g'rilaydi albatta shu soha vakillari! Ya'ni endi bu sohada asosan code yozish emas balki, AI bergan codelarni tuzatish, takomillashtirish bo'ladi deb o'ylayman. - Ikkinchi tarafdan, shu modellarni ishlata olish uchun ham bu sohani bilish talab qilinadi, Html, Css, JS ni bilmaydigan odam web site qila olmaydi, qilsa ham buni tushunmaydi, kamchiligini topolmaydi, aynan qayeriga o'zgartirish kiritish kerakligini bilmaydi, siz va biz ham Front - enddan qisman balki senior darajada bilganimiz tufayli shu modellarga to'g'ri vazifa bera olamiz! - Haa, tan ham olish kerak, bu sohalarga talab bundan oldingidek ko'p bo'lmaydi, lekin yoq ham bo'lib ketmaydi, bu sohani tanlashingiz esa o'zingizni qo'lingizda, qaysi soha bo'lmasin, siz sohangizda professional bo'lsangiz hech qachon ishsiz qolmaysiz! - Va yana bir narsa, AI ba'zi ishlarni o'rnini bossa ham, boshqa bir ish turlarini ham keltirib chiqaradi, masalan "Prompt engineering". O'ylashimcha bu soha kelajakda juda actual, va kerakli sohaga aylanadi! Bu haqida yana po'st yozman. - Xulosa: AI sizni ishsiz qoldirmaydi, aksincha sizni ishingizni yengillashtirib, ishingizda yangi darajaga chiqishingizda ko'maklashadi, va bu modellarni ishlatish ham soha vakillari uchun, soha haqida tushunchaga ega bo'lmaganlar baribir bu madellardan foydalana olmaydi! @Conordevs_Blogs🪐