TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Conor's Blogs
Conor's Blogs avatar

TGINSIGHT POST

Post #397

@Conordevs_Blogs

Conor's Blogs

Visiones173Numerus visionum
EditumDec 1612/16/2025, 11:17 PM
Contentum scripti

Contentum

- Assalomu aleykum! - Hozir yana bir anchadan beri o'ylab yurgan loyham ustida ishlashni boshlaganman, va shu haqida biroz ma'lumot berib o'tmoqchiman! - Bundan oldin savol: Siz telegram ijtimoiy tarmog'idan qanchalik ko'p foydalanasiz, va sizga kelgan xabarlarga qanchalik tez javob berasiz? - Endi tassavvur qiling: Sizda shunday imkoniyat borki, sizga kelgan xabarlarga siz emas balki sizni o'rningizga bot javob beradi! - Ghost Reply - Bu telegram bot bo'lib foydalanuvchilarga o'z telegram profillariga auto reply qilish imkoniyatini beradi. Bu Trigger + Response qoidasi bo'yicha ishlaydi, yani foydalanuvchi Trigger - xabar kiritadi - bu sizga kim nima deb yozsa javob berishni bildirib turadi, va shu triggerga javob, bu kiritilgan xabar kelsa siz kiritgan javobni automatik reply tarzda yuboradi. - Masalan sizda: "Assalomu aleykum" degan trigger mavjud, - Javobi esa: "Vaaleykum assalom". - Agar chatda kimdir sizga "Assalomu aleykum" deb yozsa, "Vaaleykum assalom" javobi automatik javob tarzda boradi. - Bu kimlar uchun: Bu asosan bizness egalariga, kanal adminlariga, call center hodimlariga, va shu bilan birga hamma uchun, buni har qanday odam ishlatsa bo'ladi, va ba'zi do'stlarni "Hasker" dek hayron qoldirish uchun ham😄. - Bot xabarlarni analiz qiladi, yani triggerlarga moslikni aniqlaydi, yani aynan trigger yozilganda emas balki trigger matnda ma'noli tarzda qatnashgan bo'lsa ham javob beradi: - Masalan: "Salom" triggeri bor, javobi esa "alik", kimdir sizga "salom yaxshimisz" deb yozsa ham javob ketadi, harf katta kichiklariga ham inobatga olingan, va boshqa shunga o'xshash taraflar ham inobatga olingan holda qurilgan. - Xavfsizlik/ Kirish: Bot akkountni Telethon kutubxonasiga automatik ro'yxatdan o'tkazishdan boshlaydi, va foydalanuvchi barcha ma'lumotlari xavfsiz tarzda saqlanadi, telegram ulangan akkount, kirish parollari, ma'lumotlar kuchli tarzda himoyalangan, 3 - shaxsdan ham himoyalangan. - Kelajakda Ghost Repyly + AI / LLM / NLP qo'shishni rejalashtiryabman, yani triggerlaringiz va unga javobni ham tahlil qilgan holda to'liqroq, aniqroq va chiroyliroq qilib javob beradi. - Hozircha shular, MVP loyhani kelasi yil birinchi kuniga deploy qilishni rejalashtirganman, ungacha to'liq bitirshga harakat qilaman, bu loyha haqida yana ham to'liqroq ma'lumot beraman 👍 - Qo'shimcha ba'zi savollarga izohlarda ham javob berib ketaman, savolingiz bo'lsa berishingiz mumkin. Conordev | LinkedIn | Github