Contentum
🔔Assalomu aleykum! Yana bir loyham productionga tayyor bo'ldi. - Ghost Reply - Bu telegram bot foydalanuvchilarga telegramda online bo'lmasa ham o'rniga chatlardagi ma'lum bir xabarlarga avtomatik javob berish imkoniyatini beradi✉️ ⚙️Qanday ishlaydi? - Botga trigger ya'ni qaysi xabar kelgandagina javob berishi va shu xabarga qanday javob berishi kerakligini ayting, tamom, bot hattoki siz online bo'lmasangiz ham sizning o'rningizga chatlarda shu trigger kelganda javobni avtomatik reply ko'rinishida jo'natadi. Bot kichik/katta harflar, qo'shimcha ulama so'zlar qatnashsa ham javob beradi. - O'zi bu kimlar uchun? - Bu asosan bizness egalari, telegramga kam kiradiganlar, shunchaki bir xil xabarlarga yozaverish joniga tekkanlar uchun, va albatta o'rtog'ini *haskerman deb hayron qoldirmoqchi bo'lganla uchun, va hamma uchun! 🔒Xavfsizlik - Bot ishlashi uchun ro'yhatdan o'tasiz, bot Python dasturlash tilining, Telethon kutubxonasi orqali ishlaydi, bu Telegramda rasman taqiqlanmagan, bot telegram akkountingizni brauzer orqali Telethonga ulaydi, ya'ni bot xabarlarga javob berishi uchun akkountingizga "Userbot" sifatida kiradi. Bu yerda hech qanday 3 - shaxs aralashuvi, ya'ni inson omili qatnashmaydi, bu akkount xavfsizligini kafolatlaydi. Foydalanuvchilar ma'lumotlari ishonchli tarzda saqlanadi va hech qanday noto'g'ri maqsadlarda foydalanilmaydi, va 3 - shaxslarga uzatilmaydi. - Qo'shimcha: Userbotni telegram akkountga ulash Telegram tarafidan rasman taqiqlanmagan, botni ulaganingiz uchun Telegram sizga ban, spam, yoki muzlatib qo'yish qilmaydi, bu qachonki siz trigger javobiga Telegramning rasmiy xavfsizlik siyotasida keltirilgan odob axloq holatlarini buzsangiz, javobga siyosiy, taqiqlangan, zo'ravonlikni targ'ib etadigan, 18+ matnlar, vahokazolarni yozsangiz ban berish ehtimoli bor! - Botda hammasi yana ham to'liq, batafsil yozilgan, o'zingiz sinab ko'rishingiz mumkin, qo'shimcha savollarga izohlarda javob beraman👇 📍Bot manzili: @Ghost_Auto_ReplyBot Conordev | LinkedIn | Github