TGINSIGHT CHAT
Catharsis
@JustCatharsis
PsychologiaCatharsis / κάθαρσις / Katarsis Tozarish Ehtiyoji borlar uchun! Muharrir, tarjimon Shahzod Shodmonning u-bu narsa deb o'tiradigan joyi.
Scripta recentia
Pag. 1 de 25 · 291 scripta
Editum 11 days ago
Kitob do'konida nafsi hakalak otib ketgan odamni ko'rmaganlar kaminaga boqsin😂
Editum 11 days ago
Editum 13 days ago
Raqs et, dalli jon, raqs et! @JustCatharsis
Editum Apr 23
Bitta blues eshitib koʻring-chi!
Editum Apr 17
Biz ajdar boʻlolmadik Qoʻrgʻon tepaligining ostida ulkan ajdar moʻl-koʻl tillalarni qoʻriqlab yotadi, degan gaplar ham bor. Dadam bularning barini ertak qilib aytib berardi. Bir gal qoʻrgʻonga katta bosqin boʻlgan, yov devorlar atrofini oʻrab olib, kuchli qamal qilgan. Batafsil:https://oyina.uz/uz/article/4353 Rasmiysahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
Editum Apr 17
SUHBAT Oqarsuv bo’yida, oqshom chog’ida, Qari tol boshida oy porlagan payt. Ozurda tuyg’ular qo’nalgohida Menga suv tilida sirlaringni ayt. Ilkis tun sayriga shamol chaqirsa, Shovqinli shaharni aylansang sekin. Chor tarafda tinmay sevinch baqirsa, Sen sog’inch tilida bir narsa degin. Ne kechar dunyoning o’ngu so’lida Tuyg’ular ko’zyoshday qalqib turgan payt. Hamma laqqillasa bozor tilida, Sen ko’ngil tilida biror jumla ayt. Qanday tushuntiray holimni senga, Egik boshim uzra oyday yog’du soch… Barini bir chetga qo’ygin-da, menga Sukunat tilida yuragingni och. Eshqobil Shukur
Editum Apr 16
O'zini rivojlantirishga urinayotgan har bir ayolning yonida uni qo'llab-quvvatlovchi oilasi bo'lishi katta kuch beradi kishiga. Shanba kuni imtihon topshirdim. Dadamiz Turonga 4 soatga yaqin qarab turdi (butun ishxonasi bilan birgalikda, albatta😁) Bugungi og'zaki imtihonimda ham ota-bola sahna ortida qo'llab turishdi❤ Hech qaysi imtihonimda bunchalik xotirjam bo'lmaganman. Hatto o'tgan yili shu paytlari 7 oylik homilam bilan imtihon topshirib tug'ib qo'yishimga oz qolganida qaytib imtihon topshirmayman degandim🥲. Bir so'mi yo'q boybuchcha xotin xursandligidan "sertifikatim chiqsa haq beraman, dadasi" devordi. Harqalay, yeb-icharni pulini bu OLIYJANOB inson menga to'latmas-a🤣 Yaxshiyam borsizlar, shukr😍 @Saida_Rasulovaa
Editum Apr 11
Ertalabdan yangi choynagimiz oilamiz diqqat markazida boʻldi. Mana, men suvni qaynatib boʻldim, ishni doʻndirib qoʻydim degandek suv qaynashi bilan hushtak chaldi. Qanday alomat narsa ekan-a deb hammamiz qarab turdik. Yangi choynagimiz esa battar avjiga chiqdi. Yanada balandroq shovqin solib choyni qaynatganini bildirishda davom etdi. Ana, moʻjiza! Lekin bunday oʻylab qarasam, eski choynagimiz ham aynan shu vazifani bajarardi. Hech bir kamchiligi yoʻq edi. Ammo bunchalik e’tibor markazida emasdi, hammaning tahsiniga loyiq koʻrilmagandi. Hayotda ham shunday. Ishini qoyilmaqom bajargan, ammo nimalar qilganini koʻrsatib bera olmaganlar e’tibordan chetda. Hech nima qilmagandek nazardan chetda boʻladi. Ammo tayinli ish qilmasa-da shovqin koʻtargan, men suvni qaynatib tashladim, unaqa qilib tashadim, bunaqa qilib tashadim degichlar e’tibor markazida va koʻp e’tirof etiladi. Ayni yangi choynagimiz kabi… Men sizga bunday uslubdan foydalaning demayman. Chin dildan, mehr bilan ishlang. Ammo qilganlaringizni koʻrsatib berishni, buni qolganlarga bildirishni ham unutmang. Ana shunda sizdan kechib hushtak chaladigan “choynak”ni oʻrningizga olib kelib qoʻyishmaydi. Unutmang! ➡️@qora_yigit
Editum Feb 25
"Hurriyat" gazetasining 2021-yil 14-aprel sonidan: Рамазон — гуноҳларни куйдиргувчи ой Тошкент шаҳар бош имом-хатиби ўринбосари, “Катта Қозиработ” жоме масжиди имоми Абдуқаҳҳор қори ЮНУСОВ билан ушбу саодатли ой фазилатлари ҳақида суҳбатлашдик.
Editum Feb 14
#tarjimadan_parcha Port-Etenda o‘n yildan beri o‘zining bir tomchisiga zor qilgan suv Savoyyada xuddi osti teshilib qolgan ulkan samoviy hovuzdan dunyoning bor rizq-ro‘zi to‘kilayotgandek vahima bilan guvillab oqib tushardi. – Ketdik, – derdi ularga yo‘lboshchi.…
Editum Feb 9
Odamzod gʻalati mavjudot. Yer yuzidagi eng paradoksal borliq. Falon metro bekati yonida bir amaki sigaret, nos sotib oʻtiradi. Kecha kechasi oʻtib ketayotsam, ovozini baland qilib YouTubedan Qur'on oyatlarini eshitib oʻtiribdi. Bir tomondan xaridoriga sigaretni uzatib, pulini choʻntakka solyapti. Nima deb oʻylashni bilmaysan kishi. Oʻylamaslikka ham koʻnolmaysan. Bu xuddi “Chekish taqiqlanadi” degan belgiga tamaki choʻgʻini bosishga, astagʻfirulloh, basmalani aytib xamr ichishga oʻxshaydi. Yoʻq, bular oʻta joʻn oʻxshatish... Amaki oddiy misol, xolos. Real hayot manzarasi ham shunday koʻrinish kasb etadi. Nima deyishga hayronman, qisqasi. Koʻnglimdan koʻp tuygʻular oʻtdi-yu, soʻzga aylantirolmadim. https://t.me/JustCatharsis
Editum Feb 7
Mashinaning bahosi qirq sakkiz tanga, uchidan yetti yarim tanga naqd toʻlansa, olti oy muhlat bilan nasiyaga berilar ekan... Bu iqtibos Abdulla Qahhorning “Oʻtmishdan ertaklar”idan olindi. Gap “Zinger” tikish mashinasi haqida bormoqda. Asarda bayon etilgan voqealar XX asr boshlarida kechgan. Ha, XX asr boshlarida ham “boʻlib-boʻlib toʻlash” deganlari yangilik boʻlmagan, demak. Koʻnglimizni choʻktirmaylik, a, labbay? https://t.me/JustCatharsis