TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Russian MFA 🇷🇺

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Quaere similia

Canalis oriundus @MFARUSSIA · Post #28006 · Jan 14

🔴#LIVE: Russia's Foreign Minister Sergey Lavrov and Minister of International Relations and Trade of Namibia Selma Ashipala-Musavyi commence talks in Moscow 🔴X (ex-Twitter) 🔴Facebook 🔴Ruptly 🔴Russia’s MFA website #RussiaNamibia

Inventa

10 similia inventa

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #2063 · 12/16/2025, 05:52 AM

#live 🎥“Inson qadri, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida bo'lib o'tayotgan forumda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari faol ishtirok etmoqda. 🏢Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook|📱YouTube | 📱Instagram|📱X | 🔄ParlamentTV_RADIO | ◽Yoshlar parlamenti

Hashtags

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #2057 · 12/16/2025, 04:35 AM

#live 🎥 Ayni paytda Toshkent shahrida “Inson qadri, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o'tmoqda. 🗣 Unda O'zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston hamda KoreyaRespublikasi parlamentlari rahbarlari ishtirok etmoqda. 🏢Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook|📱YouTube | 📱Instagram|📱X | 🔄ParlamentTV_RADIO | ◽Yoshlar parlamenti

Hashtags

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1200 · 06/16/2025, 08:13 AM

🔴#Live Fraksiyamizning bugungi yig’ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ham ko’rib chiqilmoqda. Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga “ma’muriy ogohlantirish” jazo chorasini kiritish va ijtimoiy xavfliligi kam bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizliligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ma’muriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qo‘llanilishi mumkin emasligi aniq belgilab qo‘yilmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Hashtags

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #271 · 02/06/2025, 06:17 AM

#Live Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Unda Kengash a’zolari tomonidan Qonunchilik palatasi faoliyatiga oid qator masalalar muhokama qilinmoqda. Veb-sayt|Telegram|Facebook | YouTube|Instagram|X|ParlamentTV_RADIO

Hashtags

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #199 · 01/31/2025, 06:30 AM

#Live ✔️Hujjatga ko‘ra, diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi – fuqarolarning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashish, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni va dunyoviylikni ta’minlashdan iborat. ✔️ Konsepsiyada belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qarori bilan parlament komissiyasi tashkil etilishi nazarda tutilmoqda. _______________________ ✔️Согласно документу, целью государственной политики в религиозной сфере является создание равных условий для реализации гражданами права на свободу совести, содействие взаимопониманию и уважению между религиозными организациями разных религий, укрепление межконфессионального согласия, обеспечение религиозной толерантности и секуляризма в обществе. ✔️ В целях осуществления эффективного парламентского контроля за реализацией основных задач, определенных в концепции, постановлением палат Олий Мажлиса предусмотрено создание парламентской комиссии.

Hashtags

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #50 · 12/24/2024, 08:10 AM

#Live ☝️Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida fidokorona mehnat qilayotgan soha fidoiylarini va barcha faollarni atrof-muhitni asrash borasidagi faoliyatini rag‘batlantirishga, tarmoqning nufuzini oshirishga xizmat qiladi. 👉Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi. _____________________ ☝️По мнению депутатов, данный законопроект послужит стимулированию деятельности представителей сферы и всех активистов, самоотверженно трудящихся в сфере экологии и защиты окружающей среды, повышению престижа данной отрасли. 👉Законопроект принят депутатами в третьем чтении. Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Hashtags

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #2054 · 12/15/2025, 01:39 PM

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ekologik toza hududlarni saqlash bo‘yicha bir qator normalar belgilanmoqda Fraksiya yig‘ilishida “Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash hamda bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish va sotishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Ushbu qonun loyihasi bilan Ekologik toza hududlar tushunchasi kiritilib, ular jumlasiga ekologik tizimlarni saqlab qolish, tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrash, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan tabiiy obyekt va majmualari degradatsiyaga uchramagan va ularning holatiga salbiy texnogen ta’sirning oldini olish imkoniyati bo‘lgan hududlar kirishi belgilanmoqda. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarishga taqiq kiritish hamda tuproqning unumdorligini oshirish maqsadida organik o‘g‘itlardan foydalanishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1746 · 10/20/2025, 08:26 AM

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Fraksiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Qonun loyihasi bilan amaldagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuniga nisbatan bir qator yangi moddalar va qo‘shimchalar nazarda tutilmoqda. Jumladan, Nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Bu o‘z navbatida davlat sud ekspertiza muassasalarining mavjud ish yuklamasining kamayishiga, HMQOning malakali sud ekspertizasi xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirilishi hamda faoliyatda raqobatni qaror toptirishga xizmat qiladi. Shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlari joriy etilmoqda. Sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari), sud ekspertlari hamda sud-ekspertiza tadqiqotlarida foydalaniladigan uslubiyotlar ro‘yxatining davlat reyestrini yuritish yo‘lga qo‘yilmoqda. Davlat sud-ekspertiza muassasalari ekspertlari hamda nodavlat sud ekspertlarini faoliyati yuzasidan ekspert-malaka komissiyalari tuzilmoqda. Qonun loyihasi bilan sohaga oid yana bir qator o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #1493 · 08/15/2025, 07:40 AM

#live#JSTseminar Jahon savdo tashkiloti (JST)ning huquqiy tizimi va ushbu tizimning qonunchilik jarayonlari masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening davom etmoqda. Treningda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, bir qator davlat organlari vakillari ishtirok etmoqda. 📱telegram📱instagram📱facebook

Baxtiyor Pulatov

@eco_pulatov · Post #532 · 03/03/2025, 08:14 AM

⏺#live #Ekopartiya #Fraksiya_yigilishi Fuqarolarga jarima miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining bugungi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish hamda ijro ishi yuritish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur qonun loyihasini birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198²-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartishlarda fuqarolarga ham belgilangan jarima miqdorlarini oshirilayotganligi borasida e’tirozlar bildirilib, qonun loyihasidan ayni shu qismini chiqarish bo‘yicha taklif bildirilgan edi. Deputatlar taklifi inobatga olinib, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda 198²-moddadan fuqarolarga belgilangan jarima miqdorlari oshirilishi haqidagi qismi chiqarildi. ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube