Contentum
Jiddiysidan o’qinglar! 📚Farishtalar va iblislar - Den Braun 🪕Den Braun o'zining o'tkir syujetli, ilmiy-fantastik asarlari bilan ko’ngil torlarini chertgan. 🪝Asar ilm-fan va cherkov ta'limotining ziddiyatlari haqida so'zlaydi. Xudojo'y xristianlar fanni inkor etishsa, zamonaviy fan odamlari esa cherkovni eskilik sarqiti sifatida ko'rishadi. Aslida ilm-fan va ruhiyatning ibtidosi ham, intihosi ham yakkalikka intiladi. Ular xuddi bir chashmaning ikki irmog'i kabidir, faqatgina fan hali cherkovni tushunish uchun yoshlik qiladi. "Illuminati", "Mason" kabi atamalarni eshitgan bo'lsangiz kerak. Aynan shu kabi tashkilotlar cherkov bilan yillar davomida dushmandir. Asarda ham ular o'rtasidagi tarixiy kelishmovchiliklar ustalik bilan tasvirlanadi. Yaratgan, ilm-fan, cherkov, insonlar, fitnalar, taqdir haqidagi nazariyalar ham o'z o'rnida go'zal tasvirlangan. 🫡Asardagi voqealar xaotik tarzda tartiblanganligi (ya'ni tartibsiz tartib desak bo'ladi buni) zerikib qolmaysiz. Chunki bu kabi katta hajmli asarlar nafaqat sabr, balki ishtiyoq ham talab qiladi. Braun esa o'z missiyasini bajardi bu bilan. Qiyqiriq tarjima uchun tarjimonga ham tashakkur! ps. aytgandek, asarga manbaa sifatida qaramang. 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam